Ассалому алейкум
Mavzu:

Mast holda qilingan taloq hisobga o‘tadimi? 07.12.2016

Savol:

Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Er mastlik vaqtida ayoliga uch taloq bersa, ushbu taloq qabul bo‘ladimi? Dinimizda buning hukmi qanday? Bu holatda birga yashash mumkinmi?

Bo`lim Fiqh
9877
Javob:

    Va alaykumus salom. Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Barcha taloq joiz (ya’ni tushadi), faqat esi yo‘qning – aqlini yig‘a olmaydiganning talog‘i bundan mustasno” (Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan).
    Agar odam tug‘ma aqli zaif bo‘lsa, nima qilganini, nima deganini ajrata olmasa, uning talog‘i tushmaydi. Ammo bir odamning esi o‘zi qilgan ish sababidan ketsa, masalan, mast qiluvchi ichimliklar ichgani, nasha, qora dori iste’mol qilgani uchun esini yo‘qotgan bo‘lsa, talog‘i tushadi.
     Ulamolar aytishicha, davo uchun iste’mol qilingan narsadan mast bo‘lib, qilgan ishini, aytgan gapini eslay olmaydigan darajaga borib qolgan odamning og‘zidan “taloq” so‘zi chiqsa, talog‘i tushmaydi.
Ammo, mazkur mast qiluvchi narsalarni mast bo‘lish uchun iste’mol qilgan kimsaning talog‘i qay holda bo‘lsa ham tushadi. Bu borada to‘rt mazhab hamfikrdir. Biroq ayrim ulamolar, jumladan, hanafiy ulamolardan imom Zufar, imom Tahoviy, imom Karxiyga ko‘ra, aytgan gapini eslay olmaydigan darajadagi mastning talog‘i tushmaydi. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217601
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Mast holda qilingan taloq hisobga o‘tadimi? 07.12.2016

Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Er mastlik vaqtida ayoliga uch taloq bersa, ushbu taloq qabul boladimi? Dinimizda buning hukmi qanday? Bu holatda birga yashash mumkinmi?

9877