Ассалому алейкум
Mavzu:

Chilla o‘tirish shariatda bormi? 01.11.2016

Savol:

    Assalomu alaykum. Menda bir masala yuzasidan savol tug‘ilib qoldi. Xalqimiz orasida juda keng tarqalgan bir odat bor. U ham bo‘lsa “chilla”dir. Masalan, men yoshligimdan bu haqida eshitganman. Ko‘pchilik uni 40 kunlik bo‘ladi, deyishsa, ayrimlar 3 kunlik 15 kunlik bo‘ladi, deyishadi. Men shu atamaga, uning kelib chiqishiga e’tibor qaratdim. Topgan ma’lumotlarimda “chilla”ning Hindiston va Eronda paydo bo‘lgan diniy odatligini, bu so‘z forscha “chihl – qirq” so‘zidan olingani, bu insonning 40 kun mobaynida bir joyda hech narsa yemay-ichmay o‘tirishi ekanini bildim. Bu buddaviylik odatlariga o‘xshayapti, nazarimda. Yana Allohga ayon. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim shuki, dinimiz Islomda bu haqida biror tushuncha mavjudmi?

Bo`lim Fiqh
17728
Javob:

   Va alaykum assalom. Dinimizda “chilla o‘tirish” degan alohida tushuncha yo‘q. Ammo yolg‘iz qolish, odamlardan ayro holda zikr va ibodat bilan shug‘ullanish bor. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin Hiro g‘orida “tahannus” nomli ibodat bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Orada taom va ichimlik olish maqsadida uylariga kelib turardilar (bundan chilla o‘tirgan odam taom va ichimlik ichmaydi, degan tushuncha bekor ekani anglashiladi). U zot payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin ramazon oylarida e’tikof o‘tirganlari ma’lumdir. E’tikof masjiddan chiqmay, ayoliga yaqinlashmay Allohga ibodat qilish, zikr-tasbeh aytish bilan bo‘ladi.
Chilla o‘tirish tasavvuf namoyondalari va ahli ilmlar orasida keng tarqalgan. Xoli qolish, fikrni bir joyga jamlash lozim bo‘lganida chilla o‘tirish joizdir. Buning hech qanday yomon jihati yo‘q.
    Ba’zi rivoyatlarda inson qirq kun mobaynida Allohga ixlos bilan xolis ibodat qilsa, unday insonning qalbidan hikmat chashmalari tiliga oqib chiqishi, zikr qilingan. Jumladan, Makhuldan rivoyat qilinadi: Menga yetib kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday degan ekanlar: “qaysi bir banda, qirq tong (mobaynida ibodatni) Alloh uchun xolis qilsa, albatta, hikmat buloqlari uning qalbidan tiliga zohir bo‘lur” (Ibn Abiy Shayba “al-musannaf”da rivoyat qilib keltirgan). Ushbu hadis birqancha yo‘llar orqali va birqancha manbalarda keltirilgan. Ammo, ulamolar ularning sanadi zaif ekanligini qayd etadilar. Ammo, hadis sanadi zaif bo‘lsada, qo‘shimcha savob umidida unga amal qilishning zarari yo‘q, bil’aks, foyda bor. Ehtimol, tasavvuf namoyandalari chilla o‘tirish degan narsani mazkur rivoyat asosida joriy qilgan bo‘lishlari mumkin. Undan tashqari, dinimizda Alloh bilgan hikmat tufayli Oyati karimalar va sharafli hadislarda ayrim raqamlarga ko‘p bora murojaat qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Jumladan, qirq raqami ham shunday raqamlar sirasiga kiradi. Bu narsalar mazkur raqamlarning ishlatilishida qandaydir hikmat yashiringanligiga dalolat qilsada, ammo, u sirning mohiyati bizning aqlimiz qamrovida emas. Shu boisdan ehtimol qadimgi tasavvuf ahli va ahli ilmlar biror xayrli ishni qirq kun mobaynida bajarishni yoxud qirq marta bajarishni yuqoridagi rivoyat va qirq raqamining ko‘p ishlatilganidan kelib chiqib, tabarruklanish maqsadida yo‘lga qo‘ygan bo‘lishlari ham mumkin. Kasal odamga Yosin surasini qirq marta o‘qilishini bunga misol qilishimiz mumkin. Aslida, Qur’on yoki Sunnatda kasal kishiga qirq marta Yosin surasi o‘qilsin, degan joyi yo‘q. Ammo, Yosins urasining fazilati hamda yuqorida zikr qilingan ayrim latif sabablardan kelib chiqib, ulamolarimiz bu surani qirq marta o‘qishni xush ko‘rgan bo‘lishlari kerak. Ammo, illo-da qirq marta o‘qilishi lozim, bo‘lmasa foydasi bo‘lmaydi, deyish ham to‘g‘ri emas. Shuningdek, faqat Yosin surasini o‘qish naf beradi, deb o‘ylash ham durust emas. Zero, Qur’oni karimning hammasi shifodir, garchi ba’zi oyatlar boshqalariga qaraganda ruqya uchun o‘qish afzalroq bo‘lsa ham.
   Demak, Dinimizda bandaning ma’lum joyda xoli qolib, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi bor. Bu ishdan qaytarilmagan, shart ham qilinmagan. Xohlaganlar shunday qilishlari mumkin. Masalan, ruhiy tarafdan komillikka erishishni xohlagan, gunohlardan tiyilish niyatidagi yoki ilm olish, Qur’on yodlash maqsadida bo‘lganlar alohida joyda yolg‘iz qolishlari joiz. Biroq bundan maqsad ruhiy yetuklikka erishish yoki ilm olish bo‘lishi kerak. Dunyodan butkul yuz o‘girish, tarkidunyo qilish, rohibchilik Dinimiz ta’limotlariga zid. Yana chilla o‘tirish tirikchilikni tashlash, ahli ayoliga beparvo bo‘lish, odamlardan butunlay yuz o‘girish evaziga bo‘lmasligi kerak. Yana Alloh bilguvchiroqdir!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217818
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97980
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47005
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44866
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Chilla o‘tirish shariatda bormi? 01.11.2016

Assalomu alaykum. Menda bir masala yuzasidan savol tugilib qoldi. Xalqimiz orasida juda keng tarqalgan bir odat bor. U ham bolsa chilladir. Masalan, men yoshligimdan bu haqida eshitganman. Kopchilik uni 40 kunlik boladi, deyishsa, ayrimlar 3 kunlik 15 kunlik boladi, deyishadi. Men shu atamaga, uning kelib chiqishiga etibor qaratdim. Topgan malumotlarimda chillaning Hindiston va Eronda paydo bolgan diniy odatligini, bu soz forscha chihl qirq sozidan olingani, bu insonning 40 kun mobaynida bir joyda hech narsa yemay-ichmay otirishi ekanini bildim. Bu buddaviylik odatlariga oxshayapti, nazarimda. Yana Allohga ayon. Sizdan soramoqchi bolganim shuki, dinimiz Islomda bu haqida biror tushuncha mavjudmi?

17728