Ассалому алейкум
Mavzu:

Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasi 10.09.2016

Savol:

    Assalomu alaykum, Odilxon qori aka! Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam haftaning dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutgan ekanlar. U qanday tartibda tutiladi? Bir birodarimizdan: “Nafl ro‘zasi qanday tutiladi?” deb so‘raganimda, u: “Agar birov mehmonga (ziyofatga) taklif qilsa, nafl ro‘zani ochish mumkin” degandi. Men bir kuni ishxonaga nafl ro‘za tutib kelganimda, jamoani mehmonga (aqiqaga) aytib kelishdi. Men ro‘zamni ochib ularga qo‘shilib ziyofatga bordim. Birodarimiz ahvolimdan xabar topib, “Mezbon sizni shaxsan taklif qilmagan, bormasangiz ham xafa bo‘lmasdi. Shuning uchun boshqa kuni ro‘zangizning qazosini tutib berasiz” dedi. Iltimos, mana shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz!

Bo`lim Fiqh
52877
Javob:

    Va alaykum assalom. Ramazon oyida to‘liq bir oy ro‘za tutish farz bo‘lsa, boshqa kunlarda ro‘za tutish sunnat yoki mustahab sanaladi. Jumladan, dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish sunnatdir. 

 


عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تُعْرَضُ الأَعْمَالُ يَوْمَ الاثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ فَأُحِبُّ أَنْ يُعْرَضَ عَمَلِي وَأَنَا صَائِمٌ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ. 

 

     Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Amallar dushanba va payshanba kunlari ko‘rsatiladi. Mening amallarim ro‘zador holimda ko‘rsatilishini yaxshi ko‘raman” (Termiziy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih). Demak, dushanba va payshanba kunlari bandaning qilgan amallari Allohga ko‘rsatiladi. Bunday holatda bandaning ro‘zador bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
     Boshqa rivoyatlarda banda amallari dushanba va payshanba kunlari ko‘rsatilishi, birodari bilan orada gina-kudurati bo‘lmagan barcha bandalar gunohi kechirilishi aytilgan. 

 

وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَحَرَّى صَوْمَ الاثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ. 

 

     Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam dushanba va payshanba kuni ro‘zasini topishga harakat qilardilar” (Termiziy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih). Ushbu rivoyatdan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dushanba va payshanba kuni ro‘zasiga o‘zgacha e’tibor bilan qarar, u kunlarda ro‘za tutib, savobga erishishga harakat qilardilar. 
     Nafl ro‘za tutgan odam Allohning roziligini talab qilgan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sunnatlariga amal qilgan, o‘zini jahannamdan uzoqlashtirgan, nafsi ustidan g‘alaba qozongan bo‘ladi. Xoh farz, xoh nafl bo‘lsin, ro‘za tutishning foydalari juda ko‘p. Ammo Ramazon ro‘zasi bilan cheklanib qolmay, boshqa vaqtlarda ham ro‘za tutib yurganlar manfaatlarga ko‘proq erishadilar. 
      Farz va nafl ro‘zalarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari bor. Masalan, Ramazon oyida tutiladigan farz ro‘zani jiddiy bir sababsiz ochib yuborish mumkin emas. Ammo nafl ro‘zada ro‘zadorning xohishi o‘z qo‘lida, xohlasa, ro‘zasini ochib yuborishi mumkin. Lekin, baribir, biror uzrsiz ochib yuborish ham to‘g‘ri emas.Masalan, nafl ro‘za tutayotgan odamning uyiga mehmon keldi, agar u bilan o‘tirib taomdan birga tanovul qilmasa ranjib qolishi mumkin. Shunga o‘xshash holatlarda mehmonning ko‘ngli og‘rib qolishi ehtimoli tug‘ilsa, mazkur nafl ro‘zasini buzadi. Ammo nafl ro‘zani ochib yuborgan odam uning qazosini tutib berishi vojib sanaladi. Chunki, nafl amal aslida farz bo‘lmasada, uni o‘ziga lozim qilib, o‘sha amalga kiishgandan so‘ng uni tamomiga yetkazish zimmada vojib bo‘li qoladi. 
     Nafl ro‘zani har qanday kunda tutsa bo‘ladi. Ammo yolg‘iz juma kunini xoslab ro‘za tutishdan qaytarilgan. Yana iyd kunlari, tashriq kunlari ro‘za tutilmaydi. Sababi bu kunda musulmonlar bayram qiladi. Bayram yegulik va ichimliklarsiz bo‘lmaydi. Shu ma’noda bayram kunlarida ro‘za tutishdan qaytarilgan. Vallohu a’lam! 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217435
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasi 10.09.2016

Assalomu alaykum, Odilxon qori aka! Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam haftaning dushanba va payshanba kunlari nafl roza tutgan ekanlar. U qanday tartibda tutiladi? Bir birodarimizdan: Nafl rozasi qanday tutiladi? deb soraganimda, u: Agar birov mehmonga (ziyofatga) taklif qilsa, nafl rozani ochish mumkin degandi. Men bir kuni ishxonaga nafl roza tutib kelganimda, jamoani mehmonga (aqiqaga) aytib kelishdi. Men rozamni ochib ularga qoshilib ziyofatga bordim. Birodarimiz ahvolimdan xabar topib, Mezbon sizni shaxsan taklif qilmagan, bormasangiz ham xafa bolmasdi. Shuning uchun boshqa kuni rozangizning qazosini tutib berasiz dedi. Iltimos, mana shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz!

52877