15.11.2017 4848

Insoniyat yaralibdiki, o‘zini o‘rab turgan olamni o‘rganishga intiladi, izlanishlari natijasida ko‘plab kashfiyotlar qiladi. Zamonamiz olimlari ham o‘z oldiga qo‘ygan ko‘plab savollarga javoblarni Qur’oni karimdan topmoqdalar. Eng qizig‘i, ular o‘zlari qilgan kashfiyotlarning bundan 14 asr ilgari nozil bo‘lgan Qur’oni karimda bitilganiga guvoh bo‘lmoqdalar.

Keling, ana shunday hodisalardan bir nechasini ko‘rib chiqaylik.

Qur’oni karim nozil bo‘lgan davrda texnika, ilm-fan taraqqiyoti juda sodda edi. Lekin unda olamning yaratilishidan tortib, insoniyat tug‘ilishi, boringki, hozirgi fanlarning barchasi shu qadar mukammal aks etganki – uning qanchalik mukammal ekanini anglashga insoniyatning dahosi ojizlik qiladi.

Quyida Qur’oni karimda bayon qilingan 9 ta ilmiy dalilga to‘xtalamiz.

  1. Hayotning paydo bo‘lishi

Suv barcha jonzotlar uchun birdek zarur. Bilamiz, suvsiz hayot yo‘q, bu haqda Qur’oni karimda shunday deyilgan:

“...bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi?” (Anbiyo surasi,30-oyat).

Ushbu oyati karimada yer yuzidaki jamiki narsalar suvdan paydo bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Barcha tirik jonzotlar hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar esa suvdan iborat. Masalan, biologiya darsliklarida hayvon hujayrasi sitoplazmasining (hujayrani tashkil qiluvchi) 80 foizi suvdan iboratligi ko‘rsatilgan.

Barcha tirik jonzotlar hujayradan va hujayraning asosi suv ekani mikroskop ixtiro qilinganidan so‘nggina kashf etilgan. Lekin, buni qarangki, bundan ancha ilgari Arabiston sahrosida “kimdir” buni bilgan ekan.

  1. Temir

Temir Yerga xos modda emas. U Yerda paydo bo‘lmagan, fazodan tushirilgan. Bu albatta, tushunarsiz bo‘lishi mumkin, lekin olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, milliard yillar avval Yer sayyorasi meteoritlar yomg‘iri ostida qolgan. Meteoritlar uzoq-uzoq yulduzlarning portlashi natijasida paydo bo‘lgani sababli ularning tarkibi o‘sha yulduzlarda bo‘lgan temir moddasidan iborat bo‘lgan.

Qur’oni karimda esa temirning paydo bo‘lishi haqida bunday deyiladi:

“Darhaqiqat, Biz Payg‘ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik – unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O‘ziga va Payg‘ambarlariga g‘oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va azizdir” (Hadid surasi, 25-oyat).

Temirga nisbatan “tushirdik” so‘zining qo‘llanishi temirning yerda emas koinotda yaralib so‘ng yerga tushirilganini isbotlaydi. Temir insoniyat manfaati uchun Yerga tushirilgani 14 asr ilgari aytilgan.

  1. Osmonning himoyasi

Osmon Yerni Quyoshning radiaktiv nurlaridan himoya qilishda eng muhim vazifani o‘taydi. Agarda Osmon bo‘lmaganda edi, Yerdagi bor narsalarning hammasi Quyoshning kuchli radiatsiyasidan yo‘q bo‘lib ketardi. Shuningdek, Osmon Yerni qalin par ko‘rpadek o‘rab turadi va uni koinotning dahshatli sovug‘idan himoya qiladi. Koinotdagi sovuqlik darajasi -270°S tashkil etishi fanga ma’lum. Agarda ana shu sovuq to‘silmasdan Yerga tushsa, Yer bir lahzadayoq muz parchasiga aylanib qoladi.

Yana Osmon o‘zida issiqlikni ushlab turadi va Yer yuzining me’yorida isishiga sabab bo‘ladi (parnik effekti). Bu bilan yerda hayot mavjudligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tun va kun oralig‘idagi haroratning keskin o‘zgarishlarida muvozanatni ushlab turadi. Bular Osmonning behisob himoya vazifalaridan bir nechtasi, xolos.

Qur’oni karim bu borada shunday deyiladi:

“Biz yerda ularni tebranmasliklari uchun tog‘lar qildik va shoyadki to‘g‘ri yo‘l topsalar, deb unda daralar, yo‘llar qildik.

Va osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o‘girguvchi bo‘lmoqdalar” (Anbiyo surasi, 31-32-oyatlar).

Qur’oni karimda osmonning himoya vazifasi ta’kidlanmoqda, Fanga esa bu fakt yigirmanchi yuzyillikasr o‘rtalarida olib borilgan izlanishlardan ma’lum bo‘lgan.

  1. Tog‘lar

Qur’onda tog‘larning asosiy xususiyati keltirilgan:

Yerni to‘shab qo‘ymadikmi? Va tog‘larni qoziq (qilib qo‘ymadikmi?)” (Naba surasi, 6-7-oyatlar);

Biz yerda ularni tebranmasliklari uchun tog‘lar qildik va shoyadki to‘g‘ri yo‘l topsalar...”(Anbiyo surasi, 31-oyat).

Ushbu oyatlarda tog‘larni ustun sifatida ta’riflab, ularga nisbatan “qoziq” so‘zi ishlatilmoqda.

Aslida ham tog‘lar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ularni “qoziq” deb atash ayni muddaodir. Geofizik Frank Pressning “Yer” nomli kitobida “tog‘lar ustunlarga o‘xshaydi. Ular yer ostiga juda chuqur kirib ketgan. Masalan, 9 km. balandlikdagi Everest tog‘ining yer ostidagi qismi 125 km. dan ortiqni tashkil qilar ekan”, deyiladi.

Tog‘larning “qoziq” kabi yer ostida ham ildiziga ega ekani 20-asrlarga kelib, yer osti tektonikasi nazariyasining kashf etilish bilan fanga ma’lum bo‘ldi.

  1. Koinot, olamning kengayishi.

Astronomiya fani hali juda jo‘n va sodda shaklda bo‘lgan bir pallada Qur’oni karimda astronomiyaga oid fakt quyidagicha tilga olingan:

Osmonni O‘z qudratimiz ila bino qildik. Albatta, Biz keng qilguvchidirmiz” (Zoriyot surasi, 47-oyat).

Olamning kengayishi nazariyasi fanga o‘tgan asrda ma’lum bo‘ldi. Fizik olim Stiven Xoking o‘zining “Vaqtning qisqacha tarixi” kitobida bunday yozadi: “Koinotning kengayishish haqidagi kashfiyot 20-asr ilm-fani tarixida ulkan yutuqdir”.

Qur’oni karimdagi ushbu oyat nozil qilinganida esa, hattoki oddiygina teleskop ham kashf etilmagan edi.

  1. Quyosh orbitasi

1512 yili astronom Nikolay Kopernik Quyosh sayyoralar sistemasidagi harakatsiz yagona sayyora ekanini, Quyosh sistemasidagi qolgan sayyoralar Quyosh atrofida aylanishi nazariyasini kashf qildi. Quyosh harakatlanmaydigan sayyora ekani haqidagi nazariya 20-asrgacha olimlar tomonidan tasdiqlanib kelar edi. Lekin 20-asrga kelib, Quyoshning harakatlanishi, faqat u, Somon Yo‘li markazining orbitasi atrofida aylanishi fanga ma’lum bo‘ldi (Lambert M.Zurxone, “Orbitalnыy period: Orbita, Solnse, Zemlya, uzel Orbitы, apsida, bolshaya poluos, ix sovpadeniye”)

Qur’oni karimda bu dalil o‘z ifodasini topgan:

U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan zotdir. (Ularning) Hammasi falakda suzmoqdalar” (Anbiyo surasi, 33-oyat).

Yaqindagina astronom olimlar Qur’oni karimning ushbu oyatini botilga chiqarishlari mumkin edi. Lekin buni qarangki, Qur’oni karim fanda o‘z isbotiga ega bo‘lib kelmoqda.

  1. Ummonlar

Qur’oni karimda ummon tubidagi holat haqida ma’joziy ma’noda so‘z yuritiladi. Bu yerda kofirlarning ahvoli ummon tubidagi holatga qiyoslanadi va shu bilan birga ummonning vasfi ham keltiriladi.

Yoki xuddi qa’rsiz dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydir. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo‘lini chiqarsa, ko‘ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo‘lmas” (Nur surasi,40-oyat).

To‘lqinlar faqat ummon yuzasida hosil bo‘ladi deb hisoblaymiz. Lekin okeanshunos olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, mavjlar nafaqat ummon yuzasida, balki eng avval ummon ostida yuzaga kelar ekan. Ya’ni, ummon yuzasidagi mavjlar, uning ostidagi to‘lqin natijasida yuzaga chiqar ekan. Bu to‘lqinlarni ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi. Ularni faqat maxsus asboblar yordamida sezish mumkin ekan. Shuningdek, Qur’oni karimda ummon ostining zulmatda ekani va uning ustida to‘lqinlar mavj urishi tasvirlangan. Bu bilan yana bir ilmiy kashfiyotning guvoh bo‘lamiz.

Inson suv tubiga maxsus kilorodli nafas olish moslamasisiz 70 metrgacha tusha oladi. Bu masofada yorug‘lik mavjud. Lekin, biz 1000 metrlik masofagacha tushsak u yer mutloq zulmatda ekanini ko‘ramiz.

Endi fikr qilib ko‘ring, 1400 yil avval hech qanday suv osti kemalari-yu, suv ostini o‘rganish moslamalarisiz okean tubidagi to‘lqinlar va zulmat haqidagi faktning Qur’onda kelishi mo‘’jiza emasmi.

  1. Yolg‘on va bosh miya faoliyati

Barchamizga ma’lumki, sevikli Payg‘ambarimiz Muxammad sollallohu alayhi vasallamning badjahl va munofiq qarindoshi Abu Jahl haqida Qur’onda bir necha joyda keltirilgan.

Yo‘q! Agar u (Abu Jahl) qaytmasa, peshonasi (sochi)dan shiddatla tutamiz. Yolg‘onchi, xatokor peshonasidan” (Alaq surasi, 15-16-oyatlar).

Ushbu oyati karima ikki jihatiga ko‘ra ahamiyatga molik. Birinchidan, “Yolg‘onchi, xatokor peshonasidan” oyatida, aynan boshning peshona qismiga urg‘u berilmoqda. Bu yerda bosh miyaning oldi qismi joylashgan bo‘lib, miyaning bu qismi insonning harakatlanishiga javob beradi. Boshning ushbu sohasi bo‘yicha tadqiqot ishlari  yoritilgan “Fiziologiya va anatomiya asoslari” kitobida bunday deyilgan:

“Insonning harakatlarini yo‘naltirish, rejalashtirish va harakatni amalga oshirish funksiyasi bosh miyaning old (prefrontal) qismida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, miyaning aynan ana shu old qismi yolg‘on so‘zlash funksiyasiga javobgar ekan. Ya’ni, Pensilvaniya shtati universitetida bir guruh talabalar bilan tajriba o‘tkazildi. Bunda har bir talabaga savollar berildi va javob berish jarayonida miya faoliyati maxsus asbobda kuzatib turildi. Talaba savolga yolg‘on javob berganida miyaning aynan old (prefrontal) qismida aktivlashish aniqlandi.

Demak, miyaning old (peshona taraf) qismi yolg‘on so‘zlash va harakatlanishga javobgar ekani 20-asrga kelib isbotlandi. Qur’oni karim esa o‘sha zamondayoq Abu Jahlning yolg‘onchiligi va adolatsiz harakatlarining peshona qismiga bog‘liq ekanini ko‘rsatgan.

  1. Og‘riq sezuvchi retseptorlar.

Yaqin-yaqingacha tanadagi barcha og‘riq sezish xissi bosh miyaga bog‘liq deb kelinar edi. Olimlarning izlanishlari natijasida terida ham og‘riq sezuvchi retseptorlar mavjud ekani, ularsiz inson tanasidagi og‘riqlarni seza olmasligi ma’lum bo‘ldi ( Maykl Darmon, Molekulyarnaya biologiya koji: keratinotsit).

Endi og‘riq borasidagi bir oyatni ko‘raylik:

Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do‘zaxga kiritamiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtiramiz. Albatta, Alloh aziz va hakim zotdir” (Niso surasi, 56-oyat).

Bu oyatda imon keltirmagan bandalarning do‘zaxdagi azoblari tasvirlanmoqda va insonning terisi kuyib ketgach yana yangi teri berilib, og‘riq azobi davom etishi aytilmoqda.

Demak, ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, og‘riqni sezish teriga bog‘liq. Teri kuyib ketgach og‘riq retsetporlari o‘ladi va inson og‘riqni sezmay qo‘yadi. Agar teri yangilansa va boshqatdan kuydirilsa xuddi avvalgidek kuchli og‘riq his qilinadi.

Teridagi retseptorlar borasidagi ilmiy kashfiyot esa yaqin kunlarda kashf etilganini eslatib o‘tishimiz joiz.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Qur’oni karim – bizning dunyoviy hayotimiz, ruhiy holatimiz, his-tuyg‘ularimiz, istak-xohishlarimiz, boringki, butun borlig‘imiz haqidagi ilmni jamlagan Kitob. U bizni ikki dunyo saodatiga yetishimizda yo‘l ko‘rsatkichimizdir: Biz ularga ham ufqlardagi, ham o‘z nafslaridagi oyat-belgilarimizni ko‘rsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan bo‘lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!” (Fussilat surasi, 53-oyat).

 

 

Qosimxon Boyxanov

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218885
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47181
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45642
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24750
  • 19218
  • 12937
  • 15947