Sayyoramizdagi suv qayerdan paydo bo‘lgan?
8.11.2016 6500

   Gershel teleskopi orqali koinotni o‘rganayotgan falakshunoslar kometalarning birida yerdagiga o‘xshash suvni uchratishdi. Bugungi kungacha tanilib kelingan nazariyaga ko‘ra, Yer paydo bo‘lganida yetarlicha quruq bo‘lgan – uning Quyoshga yaqin joylashgani uchun havodagi bug‘ning muzga aylanib, yosh sayyoraning tarkibiy qismiga aylanishi imkonsiz edi. Shu bois, Yer yuzining uchdan ikki qismini qoplab olgan ummonlar Yerning paydo bo‘lganidan keyinroq unga joylashtirilgan edi.
    Olimlar koinotdagi turli kometa va meteoritlarda joylashgan muz tarkiblarini o‘rganib, uning Yer sayyorasi ummonlaridagi suvning tarkibigi juda o‘xshash ekanligini aniqladilar. Shunga ko‘ra, dunyo olimlari Yer sayyorasiga suvning osmondan meteorit va kometalar orqali tashib kelinganini tasdiqladilar.
Mana shu joyda, Alloh taoloning Qur’oni karimda zikr qilgan: “Biz osmondan o‘lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz,” – dygegan oyatini eslamaslikning iloji yo‘q (Mo‘minun - 18).
    Darhaqiqat, Alloh taoloning o‘zi qup-quruq tuproqdan bo‘lgan Yerni o‘z manziliga joylashtirdi. Osmondan o‘lchov bilan suv tushirib, uni Yerga joylashtirdi. Agar istasa, uni ketgazishga ham qodirdir.       "Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltiradi?" (Mulk - 30). Hech kim, faqat Alloh!

 

Internet ma’lumotlari asosida Sayyid tayyorladi

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217173
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819