Samarali tarbiyaning 18 usuli
9.11.2017 4672

1. Farzandingiz biror ishni uddalay olmayotgan bo‘lsa ham uni maqtab qo‘ying. Chunki maqtov bolaga dalda bo‘lib unda o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi va yangi yutuqlarga erishishiga undaydi.

2. Bolani hech qachon o‘zini keraksiz buyumdek his qilishiga yo‘l qo‘ymang. Bir farzandingizni ikkinchisidan aslo ustun qo‘ya ko‘rmang.

3. Farzandingiz bilan suhbatlashganda unga hurmat ko‘rsating, kattalardek munosabatda bo‘ling, yaxshi ish qilsa minnatdorchilik bildirib qo‘ying. U bilan muloyim ohangda so‘zlashing.

4. Farzandingizning hali go‘dak ekanini ham unutmang. Uning o‘ynashi va dam olishi uchun vaqt ajrating. Aks holda farzandingiz injiq bo‘lib qolishi mumkin.

5. Farzandingizga mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgating. Bunda sizning vazifangiz ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va tanlov huquqini berishdan iborat bo‘ladi.

6. Oilaviy maslalalarda biror muhim qaror qabul qilishdan oldin bolangizning fikrini so‘rang. Masalan, nima ovqat tayyorlash, qanday rangli buyum sotib olish... Ana shunday maslahat so‘rashingiz bolada o‘z fikriga ega bo‘lish va fikrini ravon ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi.

7. Bolangizning yutuqlaridan xursand bo‘ling. Biror tanlovda g‘olib bo‘lsa, imtihonni a’lo bahoga topshirsa, biror yutuqqa erishsa buni ixchamgina qilib, oilaviy bayram sifatida nishonlang.

8. Farzandingizni o‘zgalar bilan qiyoslamang.

9. Farzandingizning har bir savoliga diqqat bilan javob bering. Bu bilan uning dunyoqarashi kengayishiga yordam berasiz va atrofga qiziqish uyg‘otasiz.

10. Hamisha bergan va’dangizni ustidan chiqing. Bajarolmaydigan narsa haqida va’da bermang.

11. Bolani jamoatga qo‘shilishga ko‘niktiring. Bu bilan farzandingiz ko‘pchilikning orasida o‘zini tutishni hamda boshqalarga ko‘mak berish va yangi do‘stlar orttirishni o‘rganadi.

12. Farzandingiz uchun duo qiling. Komil inson bo‘lib ulg‘ayishini so‘rab duoda bo‘ling.

13. Farzandingizni umidsizlikka tushmaslikka o‘rgating. Hayotda uchraydigan kutilmagan sinov va qiyinchiliklar qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun ba’zan jiddiy vaziyatlarda ham o‘zi qaror qabul qilishiga qo‘yib bering.

14. Xato qilsangiz farzandingizdan uzr so‘rashdan tortinmang. Bu bilan farzandingizda qilgan xatolar uchun tavba qilish hissini shakllantirasiz.

15. Farzandingizni yaxshi ishlari uchun rag‘batlantiring, lekin oshirib yubormang. Oliy mukofot – qilgan yaxshi amali uchun olgan savobi ekanini eslatib turing.

16. Farzandingizga kitob o‘qishni o‘rgating. Har kuni farzandingiz bilan kitob o‘qing.

17. Farzandlaringizni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez takrorlab, ularning siz uchun qanchalik qadrli ekanini ta’kidlab turing. Bolangizni suyib quchoqlang, o‘pib erkalang. Zero, farzandini suyib bag‘riga bosish va o‘pib erkalash –sunnatdir.

18. Farzandingizda yaxshi odatlarga kichikligidanoq ko‘nikma hosil qilishga harakat qiling. Masalan, ertalab barvaqt turib, yuz-qo‘lini yuvishni, taomdan so‘ng idishlarni yig‘ishtirishda yordam berishni o‘rgatib boring.

 

Qosimxon Boyxanov

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218889
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47185
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45648
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24751
  • 19218
  • 12938
  • 15948