Sajda oyatlari eslab qolish uchun hikoya.
13.8.2018 6559

Jazoirlik A’rof(206-oyat) ismli soliha bir qiz bor ekan. Allohning taqdiri uni misrlik Ra’d(15-oyat)  ismli yigitga yo‘liqtirdi. 

Alloh ularni o‘rtalarini xayrli nikohda jamlab,  ularga asl ari(naxl-49-oyat) ning asalidanda shirin hayot nasib qilibdi. 

Tez kunda ularni Isro(109-oyat) va Maryam(58-oyat) ismlik egiz qizlar bilan Alloh ko‘zlarini quvontirdi.  Qizlari ulg‘aya boshlabdi. 

Endi ular Alloh taolodan o‘g‘il farzandini so‘rab bir necha yillarni o‘tqazishdi. Yaqinlari Xaj(18-oyat) ibodatiga borib duo qilishni maslaxat berishdi. 

Allohning Baytida qilgan duoloari tez kunda ijobat bo‘lib Alloh taolo ularga Furqon(60-oyat) ismli misr va jazoirni xusni jamlangan go‘zal bir farzandni hadya qilibdi.

Bir kuni Ra’d Qur’on o‘qib utirsa qo‘shni xonada o‘g‘li Furqon birdan chinqirib yig‘lab qolibdi. Shoshib chiqsa o‘g‘lini yuzida chumoli(naml-25-oyat)   o‘rmalayotgan ekan.

Chumolini asta olib Alloh taologa shukr sajda(15-oyat)sini qilibdi. Shu zaylda kunlar o‘taveribdi.

Ra’d bir kuni  farzandlariga baliq ovlash(Sod-24-oyat. Soda-ovlamoq degan) uchun dengizga olib boribdi.

Baliqni ovlab uni bo‘laklarga bo‘lishibdi (Fussilat37-oyat).

Ular kechgacha dengiz bo‘yida o‘yin kulgu qilishibdi. Kech kirgach  yulduz (najm-62-oyat)larni tomosha qilib yotishganida birdan shamol turib chodirini yorib(inshiqoq-21-oyat) bo‘lib tashlabdi.

Shunda Ra’d, ularga qarab: Yaratgan Robbingiz nomi bilan o‘qing(Iqro’-19-oyat) debdi.

(Haj surasidagi ikkinchi sajda oyati, ya’ni 77-oyat hanafiy mazhabiga ko‘ra vojib emas).

Yaxyo G‘avsoniy suxbatlaridan.

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217259
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24619
  • 19077
  • 12846
  • 15823