Musibat va imtihonlarga sabr qilishning shartlari
21.9.2016 7957

Birinchi shart. Musibatning ilk zarbasida sabr qilish. Bu musibatga sabr qilishning eng birinchi shartidir. Musibat haqida xabar olgan ilk daqiqadayoq sabr qilishingiz darkor. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni qabristondan o‘tib borayotganlarida bir qabr ustida yig‘lab faryod qilayotgan ayolni ko‘rib qoldilar. Rasululloh (s.a.v.) ayolga: “Ey Allohning cho‘risi, Allohga taqvo qil, sabr qil”, dedilar. Ayol Rasululloh (s.a.v.)ni tanimasdan: “Sen nimani ham bilarding, axir, mening musibatimni totib ko‘rmagansan-ku”, dedi. Rasululloh (s.a.v.) ketdilar. Ayolga sahobiylar u zotning Rasululloh (s.a.v.) ekanlarini aytishdi. Ayol Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga bordi va Rasululloh (s.a.v.)ga: “Men sizni tanimabman”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Albatta, sabr (musibatning) birinchi zarbasidadir” , deb marhamat qildilar. Agar komil savobga erishishni xohlasangiz, musibatning ilk daqiqasidayoq sabr qiling! Sizga yetgan narsaning musibatligini bilishingiz bilan sabr qiling! Musibatni sabr bilan kutib oling! Bilingki, musibatlar qalblardagi tog‘lardir, ularni osonlikcha sug‘irib tashlash mumkin emas. Lekin sabr so‘zi ham shunchaki og‘izdan chiqadigan arzimas so‘z emas. Unutmang: "...Albatta, sabr qiluvchilarga (oxiratda) mukofotlari behisob berilur" (Zumar, 10).
Ikkinchi shart musbat kelganda quyidagi duoni o‘qishdir: "Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz" (Baqara, 156). “Allohim! Musibatimga ajr bergin va uning o‘rnini undan ham yaxshisi bilan to‘ldirgin!” . Bu duolarni yodlab oling! Bu duolar faqat o‘lim musibati vaqtida aytilmaydi, balki har bir musibat vaqtida aytsa ham bo‘ladi. Alloh sizga ndan ham yaxshisini ato qiladi, buni unutmang! Ishonmayapsizmi?! Unda quyidagi hikoyaga quloq soling.
     Sahobiya Ummu Salama (r.a.)ning eri kimligini bilasizmi? U zot Badr jangida shahid bo‘lgan sahobiy Abu Salama (r.a.)dir. Bilamizki, Badr jangida qatnashgan sahobiylarning hurmati Islom olamida juda baland hisoblanadi. Rasululloh (s.a.v.) ular haqida: “Albatta, Alloh Badr ahlini ko‘rdi. Xohlagan amalingizni qiling, chunki Alloh sizlarni mag‘firat qildi” , deganlar. Abu Salama (r.a.) ushbu jangda shahid bo‘ldi. U kishining ayoli Ummu Salama (r.a.): “Albatta, biz Allohnikimiz va shubhasiz, Unga qaytajakmiz... Allohim! Musibatimga ajr ber, uning o‘rnini undan ham yaxshisi bilan to‘ldir!”, deb duo qildi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Abu Salama (r.a.)dan ham yaxshiroq odam bo‘lishi mumkinmi?! Axir, u zot sahobiy, Badr jangida ishtirok etgan va shu jangda halok bo‘lgan! Bu martaba juda ozchilikka nasib qilgan. Lekin Alloh Ummu Salamaga undan ham yaxshisini berdi! Rasululloh (s.a.v.) Ummu Salama (r.a.)ga uylandilar! Shubhasiz, Rasululloh (s.a.v.) Abu Salama (r.a.)dan afzaldirlar. Sezib turibman, bu duoga bo‘lgan qiziqish va ishonchingiz yanada ortdi. Bu duoni kanda qilmang, tezda samarasini ko‘rasiz! Lekin buning uchun ikkita shart bor. Bu shartlar nimaligini bilasizmi? Bilasiz! Biri musibatga sabr qilish bo‘lsa, ikkinchisi duoingizning ijobat bo‘lishiga ishonchingizdir.
Uchinchi shart – chiroyli sabr. Demak, musibatlarga sabr qilishning oxirgi sharti norozilik va xafa bo‘lmasdan sabr qilishdir. Insonlarning aybini Allohga aytib shikoyat qilasizmi?! Allohning qadariga rozi emasmisiz?! To‘g‘ri, xasta bo‘lsangiz, shifokorga uchrab, dardingizni aytasiz, kattaroq muammoga yo‘liqsangiz, yaqin do‘stingizdan maslahat so‘rab murojaat qilasiz... Bular shikoyatga kirmaydi, bu niyatingizga bog‘liq. Lekin Allohga shikoyat qilish va Uning qadaridan norozi bo‘lishdan saqlaning!
     Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan muammolardan biri oila bilan bog‘liq. Quyida buning muolajasi haqida so‘zlashamiz. Aksariyatimiz haqiqiy oilaviy baxt muhitidan bebahramiz. Rasululloh (s.a.v.) xususan, erkaklarga shunday ko‘rsatma berganlar: “Mo‘min mo‘minaning biror xulqini yoqtirmasa va bu xulq boshqalarga yoqsa, undan nafratlanishga haqqi yo‘q” . Darhaqiqat, juda ham go‘zal ko‘rsatma! Ayolingizning hamma xislatlari ham birdek emas, balki unda siz yoqtirmagan va yoqtirgan sifatlar bor. Sizga yoqmagan xulqlaridan g‘azablanmang. Lekin ko‘pchilik bunga amal qilmaydi. Bu jamiyatda eng ko‘p tarqalgan muammolardan sanaladi. Ba’zi insonlar: “Xotinim bilan ajrashmoqchiman” yoki “Xotinim bilan ortiq yashay olmayman”, degan shikoyatlarni qilib qoladilar. Sababini so‘rasangiz: “Hech qanday sabab yo‘q, yoqtirmay qoldim, boshqasiga uylanmoqchiman, xotinimning ayrim ishlari g‘azabimni keltiradi”, deb javob beradi. Uylanmagan yoshlar bu gaplarning ma’nosini unchalik jiddiy qabul qilishmaydi. Lekin bu hozirda mavjud muammodir. Men bunday erlarga quyidagi oyatni o‘qib bergan bo‘lardim: “Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olish halol emasdir. Yana, ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin” (Niso, 19). Erlarga nasihatim shuki, ayolingizga sabr qiling. Ayolingizning sizga yoqadigan yaxshi jihatlariga qarang va ularni rivojlantiring hamda yomonlarini isloh qilishga harakat qiling. Unutmang, biz basharmiz, farishta emas. Insonning yaxshiliklari yomonliklarini eslatib turadi.
      Amaliy tadbiqotlardan yana biri shuki, ko‘pchilik insonlar musibatlarga sabr qiladilar-u ne’matlarga sabr qila olmaydilar. Sahobalardan biri shunday degan: “Rasululloh (s.a.v.) bilan birga qiyinchiliklar bilan imtihon qilindik va sabr qildik, so‘ng xursandchilik bilan imtihon qilindik, sabr qila olmadik”. Subhanalloh!! Ayrim yoshlar hayotiy qiqinchiliklarga bardosh berishadi, lekin Alloh ularga ne’matlarini yog‘dirib qo‘ysa, ma’siyatga berilib ketishadi. Yusuf (a.s.)ning vazirlik holatidagi imtihoni zindondagidan ko‘ra qiyinroqdir. Ogoh bo‘ling! Yaxshilik va xursandchilik sinovi yashirin bo‘ladi, ko‘zga ko‘rinmaydi. Siz bu ne’matlarni sabrga muhtoj deb o‘ylamaysiz. Qiyinchilik va musibatlar esa oshkora va aniq-ravshan bo‘ladi. Bu sabrning birinchi turining oxridir.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Jannat kaliti” kitobidan

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217808
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97979
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47005
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44863
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24670
  • 19132
  • 12879
  • 15861