Jinlar haqida nimalar bilamiz?
14.11.2016 13437

    Jinlar ham xuddi insonlar kabi aql va ixtiyorga egadirlar. Ular o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda amalga oshiradilar, oila quradilar, zurriyot orttiradilar, ma’lum emotsiya va hisstyotlarga egadirlar. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
    “Jahannam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin)” ular bilan anglamaydilar. Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan ko‘rmaydilar. Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan eshitmaydilar”.
    Ularning orasida xuddi odamlar orasida bo‘lgani kabi Allohga ishonadiganlar va ishonmaydiganlar mavjud. Allohga imon keltirmagan jinlar ba’zida insonlarga zarar yetkazishlari, ularni qo‘rqitishlari va haqiqat yo‘lidan adashtirishlari mumkin. Yaratilish tabiatiga ko‘ra ular insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydilar va biz bilan yonma-yon o‘rnashib yashayveradilar.
    Hadisi shariflardan ma’lum bo‘lishicha, jinlar hammomlar, axlatxonalar, tashlandiq uylar va boshqa nopok joylarda yashashni xush ko‘rishadi. Shu sababdan ham islom dinida tozalik va gigiyenaga alohida urg‘u beriladi.
     Insonlardan ko‘ra ancha uzoq yashovchi rivoyat va hikoyalardan shuni xulosa qilish mumkinki, jinlar odamlar so‘zlashadigan barcha tillarni bilishadi. Yana Alloh bilguvchidir.


Umida Qodirova
“Ziyo” studiyasi muharriri

 

@ziyostudiyasi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217611
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19105
  • 12861
  • 15842