Yil davomida xonadoningiz barakaga to‘lishini istaysizmi?
23.9.2017 7699

Birov sizga, «Agar atiga bir kun vaqt ajratib, falon ishni qilsang, uch yuz oltmish besh kuning barokatli, to‘kin sochin o‘tadi», desa, o‘sha bir kunlik ishni jiddu jahd bilan qilishga urinasiz.


Aynan mana shu imkoniyat dinimiz ta’limotida ko‘rsatib qo‘yilgan. Imom Tabaroniy, Imom Bayhaqiy va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda bu haqda shunday deyilgan.

 

يُرْوَى عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ مُحَمًّدٍ بنِ المُنتَشِر، عَنْ أَبِيهِ أَنَّهُ قَالَ: "بَلَغَنَا أَنَّهُ مَنْ وَسَّعَ عَلَى أَهْلِهِ يَوْمَ عَاشُورَاءَ وَسَّعَ اللهُ عَلَيْهِ سَائِرَ سَنَتِهِ" قَالَ سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ: "جَرَّبْنَاهُ مُنْذُ سِتِّينَ عَامًا فَوَجَدْنَاهُ صَحِيحًا"

Ibrohim ibn Muhammad ibn al-Muntashirdan, u kishi otasidan rivoyat qilib aytadiki:

 

“Bizga kelgan xabarga ko‘ra, kim Ashuro kuni oila ahliga kengchilik qilib bersa, Alloh taolo unga yil davomida kengchilik qilib qo‘yadi”. Sufyon ibn Uyayna aytadilar: “Biz bu xabarni oltmish yildan beri tajriba qilamiz va uning to‘g‘riligini topganmiz”.

Keling, azizlar, Ashuro kuni ahlimizga kengchilik qilib, yil davomida ilohiy barakadan bahramand bo‘lib yashaylik!

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217542
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24638
  • 19099
  • 12858
  • 15840