Hijratning mohiyatini
20.8.2017 3816

  Aslida hijrat qilish termini melodiy 623 sanadan boshlab ishlatilgan. Ushbu sanada Habibimiz sollallohu alayhi vasallam Allohning amriga ko‘ra Makkadan Madinaga hijrat qildilar. Bundan oldin Makka mushriklarining ilk Islomga kirgan yangi sahobalarni qiynab aziyat berishlari kuchaygach Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalalarga dinini saqlab qolishi uchun Habashistonga hijrat qilishga ruxsat bergan edilar. Lekin katta hijrat nubuvvatning 13 sanasida 623 yilda bo‘ldi. Islomdagi hijrat deganda ham aynan mana shu hijrat ya’ni Makkadan Madinaga qilingan hijrat nazarda tutiladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan oldin ilgarigi payg‘ambarlar ham «Robbim Alloh», degani uchun o‘z yurtidan quvilgan va ular boshqa yurtga hijrat qilishga majbur bo‘lishgan.
Ushbu terminni lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, “Hijrat” so‘zi lug‘atda “ko‘chish, tark qilish” ma’nosini anglatadi. Shar’iy istilohda esa dinini o‘ylab kufr diyoridan Islom diyoriga ko‘chib o‘tishga hijrat deyiladi.
Ming afsuslar bo‘lsinki, so‘ngi paytlarda dinimizni ta’limotini noto‘g‘ri talqin qiladigan kimsalar paydo bo‘lib qoldi. Ular ikki toifaga bo‘linadi. Biri shaxsiy maqsad va g‘araz yo‘lida dinni noto‘g‘ri talqin qilsa, ikkinchisi siyosiy maqsadlarni ko‘zlab dinni buzib ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida musulmonlar orasida ixtilof va tushunmovchilik kelib chiqyapti.

Hijrat so‘zini anglash uchun undan oldin to‘rtta narsani bilishimiz kerak bo‘ladi:

1. Dorul islom.

2. Kufr diyorining ta’rifi.

3. Qachon hijrat qilish lozim bo‘ladi?

   Islom diyorining ta’rifi borasida bir necha fikrlar aytilgan. Shularning ichida eng mo‘tabari quyidagicha:
«Davlat rahbari musulmon bo‘lib, aholisining ko‘p qismini musulmonlar tashkil qiladigan va islom arkonlarini ado qilishga monelik qilinmaydigan har qanday davlat Dorul islom ya’ni musulmon o‘lka bo‘ladi».

Kufr diyori esa aksincha: «Hukumat musulmon rahbarning qo‘lida bo‘lmagan, aksar aholisi islom diniga mansub bo‘lmagan va g‘oliban islom ahkomlari joriy qilinmagan yurt kufr diyori hisoblanadi».
Endi bilishimiz kerak bo‘lgan uchinchi narsa bu qachon hijrat qilish lozim bo‘ladi.

Agar kufr diyorida yashayotgan musulmonga dinining arkonlarini qilishga ruxsat berilmayotgan va dini tufayli uni qiynab azoblarga giriftor qilinayotgan bo‘lsa, dinini saqlab qolishi uchun unday odam kufr diyorini tark qilishi lozim bo‘ladi.
Ammo garchi kufr diyori bo‘lsada, din arkonlarini ado qilishga hech qanday monelik va to‘siq bo‘lmasa, musulmon kishi bunday diyorni tark qilishi durust emas. Aksincha o‘sha yerda qolib dinni boshqalarga yetkazishi mandub ya’ni axshi amal hisoblanadi.
Endi dorul islomda din arkonlarini emin erkin ado qilish uchun sharoitlar yaratib berilgan musulmon o‘lkadan boshqa diyorga hijrat qilishga din yo‘lidagi hijrat deyilmaydi va u bu hijrati uchun zarracha ajrga ega bo‘lmaydi. Bu lug‘aviy ma’nodagi hijrat bo‘lib qoladi.

  Fuqaholar hech qanaqa sababsiz dorul islomni tark qilishni makruh sanashgan. Hatto ba’zi olimlar: «Islmoning besh arkoni emin erkin ado qilinadigan musulmon o‘lkani din yo‘lida hijrat qilaman deb tark qilib boshqa o‘lkaga o‘tishni gunohi kabira», deyishgan.
Biz yashab turgan O‘zbekiston qanday o‘lka? Fuqaholarning Dorul islomga bergan ta’riflariga ko‘ra bizning yurtimiz Musulmon o‘lkaga kiradi. Dinimizning besh ustunini ado qilishga barcha sharoitlar yaratilgan diyorimizni din uchun deb tark qilib boshqa o‘lkalarga borish gunoh va ma’siyat hisoblanadi.
Alloh barchamizga tavfiqni ato qilsin!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217225
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24617
  • 19075
  • 12844
  • 15820