Islomni qabul qilgan amerikaliklar hikoyasi (1-qism)
30.4.2017 5151

Oila, omadli karera, sevimli ish, yaqinlar bilan hordiq va eng muhimi, atrofingni baxt va quvonch o‘rab turgani. Bularning barcha Allohning bizga bergan marhamati. Ana shunday marhamatga erishgan, islomni qabul qilgan ikki muslima Nikol Kuin va Liza Vogldir. AQShning turli shtatlarida istiqomat qiluvchi ikki muslima ayol qanday musulmon bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

Texaslik fotograf Nikol Kuin

«Mening ismim Nikol Kuin, men Luiziana shtatida ulg‘ayganman. 8 yoshga to‘lganimda oilamiz bilan Texasning kichkina shaharchasiga ko‘chib kelganmiz.

Oilam baptistlar cherkoviga qatnardi va din borasidagi ilk poydevor aynan shu yerda quyilgan, desam xato bo‘lmaydi. Ota-onam o‘zlarini hur fikrlilar deb bilishar, Xudoga ishonishar, ko‘pchilik amerikaliklarga o‘xshab Xudo roziligi uchun yashashardi. Mening buvim va buvam juda taqvodor odamlar edi va aynan ular qalbimdagi e’tiqodni shakllantirishgan.

Keyinroq, men ulg‘ayib, Dallasda professional fotograf bo‘ldim va ishim asosan tungi klublarda kechardi. Oqshom ziyofatlarida mashhur odamlar, sportchilar hayotini suratga olardim, paparatssi bilan shug‘ullanardim. Kunduzi uyquda, tunda ish.

To‘g‘risi, atrofimni bo‘shliq qurshab olganga o‘xshardi. Go‘yoki undagi odamlar hayotimni vayron qilishni maqsad qilgan obrazlarga o‘xshardi. Men doim xotirjamlik izlardim, maqsad qidirardim. Boshqalar esa mening hayotimni juda baxtli deb hisoblashardi. Vaholanki, o‘zim bunday o‘ylamasdim. O‘zimni topish uchun nozik bir fikr izlardim...

Esimda, o‘sha yillarda ham Xudoga ehtiyojim borligini doim his qilganman. Men Islom haqida oz-moz bilardim, bir necha musulmon tanishlarim ham bor edi. Ko‘rdimki, ular boshqacha odamlar. Ular spirtli ichimlik ichmasdilar, tungi klublarga bormasdilar va umuman munosib hayot tarziga ega edilar.

Bir kun tunda fotosessiyadan so‘ng men bo‘lajak turmush o‘rtog‘im Hasanni uchratib qoldim. O‘sha paytda u ham o‘zligini qidirayotgan men kabi halovat shaydosi edi. U musulmon edi va o‘z diniga munosib inson bo‘lishni istardi. Biz hayotning ma’nosi haqida ko‘p gaplashardik.

Hasan bir kuni menga islom haqida gapirib, bu din haqida ko‘proq bilish maqsadida darsga taklif qildi. Ko‘rdimki, men bilgan musulmonlar, boshqalardan farqli ravishda, hayot o‘z maqsadiga ega odamlar edi. Men Islomni o‘rganishga kirishdim, ko‘p o‘qidim, Internetdagi roliklar tomosha qildim.

Qancha ko‘p o‘qiganim sari, aynan men izlaganim shu dinda ekanini his qila boshladim. Men o‘zimga o‘zim “Agar sen o‘zing uchun muhim bo‘lgan narsaga erishmoqchi bo‘lsang, bunday yashashni to‘xtat”, dedim.

Men Islomgacha uzoq yo‘l yurdim. Hayotim xuddi amerika gorkalaridagi kabi yuqorilash va qulashlardan iborat edi. Ortga nazar tashlab, e’tiqodimni o‘zgartirganim naqadar to‘g‘ri bo‘lganini his qilaman. Sababi, men juda ko‘p o‘rgandim, e’tiqodlarni o‘rgandim, ularning mohiyatiga kirib borishga harakat qildim va oxir-oqibat o‘z dinimni topdim.

2007 yilning aprel oyida Islomni qabul qildim va Shahodat kalimasini keltirdim. Hayotim tubdan o‘zgardi. Hasan bilan turmush qurdim. Agentlik ochdim va hozirda Dallasda odamlarning eng baxtiyor kunlarini suratlarga muhrlayapman. Ikki nafar ajoyib farzandim bor va Allohning marhamatiga cheksiz shukrlar qilaman. Men baxtliman...»

    M.Mirzajonov tayyorladi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218625
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98115
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47142
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45555
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24735
  • 19193
  • 12926
  • 15930