Inson salomatligi uchun foydali 15 mahsulot
22.4.2017 7274


   Salomatlik har bir inson uchun juda muhim. Usiz hech narsa tatimaydi. Chunki biror joy og‘rib turganda, ko‘ngilga hech narsa sig‘maydi. Qolaversa, salomatligi joyida bo‘lgan mo‘min kishi kundalik ibodatlarni ham maromida ado etadi.

   Salomatligimizning risoladigidek bo‘lishi ko‘p jihatdan biz yeyotgan taomlar va oziq-ovqatlarga bog‘liq. Ovqatlanish ratsioni vitaminlarga boy, foydali mahsulotlarga ega bo‘lishi salomatligimizni mustahkamlashda juda muhim. Shunday qilib, mutaxassislar organizm uchun juda zarur va foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ular bilan tanishning.

1. Sarimsoqpiyoz – saratonga qarshi fermentlar “egasi”. To‘g‘ralgan sarimsoqpiyozni iste’moldan avval 10 daqiqa sabr qiling. Shunda foydasi yanada ko‘payadi.

2. Avokado yoki amerika pirseyasi – Doimiy yashil daraxt mevasi saratonga qarshi kurashuvchi yana bir “jangchi”. U og‘iz bo‘shlig‘ida saratonga qarshi kurashuvchi organik birikmalar hosil qiladi. Mevaning eti mineral va foydali vitaminlarga boy. Undan tayyorlangan pyure oddiy mayonez bilan ist’emol qilish tavsiya etiladi.

3. To‘yintirilgan non. Ichaklar bizga uzoq va samarali xizmat qilishi kerak. Buning uchun kundalik ratsionga to‘yintirilgan nonni kiritish zarur. Semizlikka moyil yoki semiz odamlar oq nonni to‘yintirilgan qora nonga alishtirishi tavsiya qilinadi.

4. Sho‘rtang pishloq (brinza). Bu yumshoq pishloq organizmni kalsiy va boshqa foydali mikroelementlarga to‘yintiradi.

5. Shampinonlar (qo‘ziqorin turi) – Immun tizimning kuchaytiruvchisi. Saratonga qarshilik qiluvchi antioksidantlarni to‘playdi. Kam kalloriyali mazkur qo‘ziqorinlar ozish istagida yurganlar uchun kerakli mahsulot.

6. Petrushka – Foydali mikroelementlar soni bo‘yicha “chempion”. Uning bir bog‘lamida kunlik S vitaminining 70 foizi, A vitaminining 50 foizi va temir moddasining 10 foizi mavjud. Mazkur ko‘kat nafas olishni yanada yengillashtiradi.

7. Loviya (fasol) – Organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil va to‘qimalarning makoni. Konservalangan va tuzga to‘yinganidan ko‘ra, qaynatilgan loviya foydaliroq hisoblanadi.

8. Qalampir— Qizil qalapirda qondagi ortiqcha insulinni haydab chiqaruvchi «kapsaitsin» moddasi bor. U teri ostida yog‘ yig‘ilishining oldini oladi.

9. Tofu (soyali tvorog) – urologik kasalliklar, jumladan, prostata saratoniga qarshi kurashadi. Odam organizmi uchun foydasi katta bo‘lgan mahsulotlardan biri.

10. Qatiq – Oshqozonning o‘z me’yorida, yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi. Kam kalloriyali bu mahsulot ochlikni tez qondiradi.

11. Sedra (limon yoki apelsin qobig‘i va shu qobiqdan tayyorlangan ziravor) teri uchun koni foyda va u saratondan himoya qiladi. Haftasiga bir marta bir osh qoshiqdan iste’mol qilish kifoya.

12. Yalpiz—u nafas olishni yengillashtiradi. Shuningdek, u A vitaminlariga boy o‘simlik sanaladi.

13. Jambil-rayhon—ularning bir qoshig‘ida olmanikidan ko‘proq antioksidantlar bor. Sous va salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ishtahani ochadi.

Mundoq olib qaralsa, ratsionda mukammal bo‘lmasa-da, yuqorida sanalgan mahsulotlar bor. Ammo uning doimiy mavjud bo‘lishiga va iste’mol ham ana shu tamoyil asosida kechishiga harakat qilsangiz, doim sog‘lom, ko‘ngil xotirjam, ibodatlar ham risoladigidek bo‘ladi.

 

   M.Mirzajonov tayyorladi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217353
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24628
  • 19086
  • 12850
  • 15830