Duo qilishni bilasizmi?
30.10.2017 39237

Insonning saodatli hayotida duoning, ya’ni Allohdan istaklarini so‘rashning o‘rni bag‘oyat katta bo‘lib, banda uchun bu bemisl imkoniyatdir. Shu bois har bir mo‘min banda bunday qulay imkoniyatdan foydalanishni ham bilishi zarur.

Alloh taolo “G‘ofir” surasida marhamat qilib, “Menga duo qilinglar. Duolaringizni ijobat qilaman”, dedi. Baqara surasida Yaratgan: “Agar bandam Men haqimda Sizdan so‘rasa, ey Muhammad alayhisalom, men unga yaqindirman. Duo qilguvchining duosini qabul qilaman”, dedi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam o‘z hadislarida duo haqida gapirib, “Duo ibodatlarning mag‘zidir”, dedilar. Demak, ikki dunyo saodatidan umidvor har bir inson duoning kuchini bilgani holda Allohga duoni kanda qilmay, O‘zidan so‘rashi lozim.

Shu o‘rinda yana bir jihatni aytish joiz, duo ijobat bo‘lishi uchun uning odoblari va qoidalarini bilish talab etiladi. Bular quyidagilar:

  1. Yeyish-ichishda haromdan uzoq bo‘lish va halol luqmaga odatlanish. Inson ma’siyatga moyil bo‘lsa ham duo ijobat bo‘lmaydi. Agar shunday holatda ham ma’siyatli bandaning duosi ijobat bo‘lsa, anglash kerakki, bu Allohning unga bergan fazli va imkonidir.
  2. Allohga ixlos bilan duo qilish.Ixlos duo odoblari ichidagi eng ulug‘ tushunchalaridan biri bo‘lib, u imonning gavhari o‘laroq, duo ijobat bo‘lishida muhim. Ixlossiz qilingan duoning samarasi bo‘lmaydi.
  3. Tahoratli bo‘lish. Duo qilgan insonning pokiza holatda bo‘lishi so‘ralgan istaklar ijobatida katta ahamiyatga ega.
  4. Qiblaga yuzlanib duo qilish. Allohga ibodat qilishda qaraladigan tomonga yuzlanib, duo qilish ham saodatli amallar sirasidandir. Bu duolar ijobatida katta o‘rin tutadi.
  5. Allohga hamdu sano aytib duo qilish.
  6. Payg‘ambar alayhisalomga salom va salovat aytish.
  7. Ikki qo‘lni ko‘krak barobar yozib ko‘targan holda duo qilish.
  8. Odob bilan, xushu’-xuzu’, sakinat bilan Alloh taolodan qo‘rqqan holatda duo qilish.Chunki u butun olamlarning Robbi, barcha mahluqlar Yaratuvchisi, har bir bandasini rizqlantiriruvchi Zot oldida duo qiladi. Alloh taolo Qur’oni karimda Unga tazarru qilgan holatda duo qilishni buyurdi.
  9. Uning ulug‘ ismlarini tilga olgan holda duo qilish.Allohtaolo O‘z kalomida “Allohning go‘zal ismlari bor. Bas, Unga go‘zal ismlar bilan duo qilinglar”, dedi.
  10.  O‘z gunohlarini e’tirof qilib, tavba-tazarru qilgan holda duo qilish.
  11.  Qat’iyat, rag‘bat va jiddu jahd bilan Allohdan so‘rab, duo qilish.
  12.  Qalbni duoga hozirlab, iltijo bilan Allohdan so‘rash.
  13.  Duoni qayta-qayta, takror-takror so‘rash.
  14.  Duo qilganda shoshmaslik. Ya’ni “Allohdan so‘ragandim, duoim qabul bo‘lmadi”, demaslik. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhisalom aytdilarki, “Sizlarning birortangiz duo qilsangiz, bu duo, albatta ijobat bo‘ladi. Agar shoshilmasangiz”.
  15.  Duolar qabul bo‘ladigan ulug‘ vaqtlarni kutib, o‘sha chog‘da duo qilish.
  16.  Bu shunday holatlarni g‘animat bilib duo qilishlikki, sajda vaqti, yomg‘ir yog‘ayotgan paytlarda o‘zini kamtar tutgan holda Allohdan so‘rash.

Bilish lozimki, duolarning ijobat bo‘ladigan vaqtlari va holatlar mavjud. Aynan shunday vaqtlarda qilingan duolarning ijobat bo‘lishi aytiladi. Bu qaysi vaqtlar hamda holatlar?

-Qadr kechasida qilingan duo;

-Arafa kunida qilingan duo;

-Ramazon oylarida qilingan duo;

-Juma kuni kechasi qilingan duo;

-Juma kuni qilingan duo;

-Kechaning o‘rtasida qilingan duo.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda aytiladi, “Ey, Rasululloh! Duolarning qaysi biri qabul bo‘luvchirog‘idir?”, deb so‘raldi. U Zot “Kechasi turib, duo qilishlik va farz namozlari ketidan qilingan duolardir”, deb javob berdilar.

 

Alisher Mirzayev 

Shayx Zayniddin jome masjidi imom noibi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218886
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47181
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45645
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24750
  • 19218
  • 12938
  • 15947