Dinbuzarlar da’vosiga mo‘minlarning javobi
16.9.2016 6058

     Bugungi hayot go‘zal, tinch, osoyishta, lekin bu yorug‘ olamni zulmatga, odamlar hayotini halokatga ro‘para qiluvchilar afsuski, qancha-qancha begunohlarni yo‘ldan adashtirmoqda, xonavayron etmoqda, qonini to‘kmoqda. Bugungi kunda IShID kabi terrorchi guruhlar insoniyatga, ayniqsa islom ummati tinchligiga odam o‘ldirish, begunoh insonlarning qonini to‘kish, o‘zgalar molini tunash kabi fasod ishlar bilan tahdid solmoqda. Ularning faoliyati Qur’oni karim va hadisi sharif ko‘rsatmalariga mutlaqo ziddir. Alloh taolo bu haqida quyidagicha ogohlantiradi: “Kimda-kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g‘azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘ygay” (Niso, 93).
     Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimki ummatimga qarshi chiqsa-yu, ularning yaxshisini ham, yomonini ham urib o‘ldirsa, ularning mo‘’minligidan parvo qilmasa, (musulmonlik va tinchlik-omonlik) ahdini qilgan kimsaning ahdiga vafo qilmasa, bas, u mendan emas va men ham undan emasman!” (Muslim, 3/1848; Nasoiy, 2/3579-3580; Ibn Moja, 2/3948; Ahmad, 2/7931; Bayhaqiy, 8/16388; 10/20864; Ibn Hibbon, 10/4580; Ibn Abu Shayba, 7/37243; Abdurrazzoq, 11/20707).
     Insonlarga o‘lim tilash, ular joniga qasd qilishni islom dini qattiq qoralaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda: “Kimki biron jonzot o‘ldirmagan va u yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa demak, guyo barcha odamlarni, o‘ldiribdi, kimki unga hayot ato etsa (ya’ni o‘ldirishdan bosh tortsa) demak, guyo barcha odamlarga hayot beribdi” (Moida 32) deydi.
      Ushbu oyat va hadisi sharifdan ko‘rinib turibdiki, nohaq odam o‘ldirgan insonning jazosi jahannam, Allohning la’nati va azobidir. Endi “islom shiorilari”ni da’vo qilayotgan buzg‘unchilarning insonlar hayotiga bu qadar beparvo qarayotgani, chumoliga achingandek achinmasligi ayni oyati karimada xabar berilgan va’idlarga ayni munosibdir.
       Dinni niqob qilib olgan dinbuzarlarning katta da’volaridan biri davlat raxbariga itoat etmay “xalifalik” o‘rnatishdir. Musulmon kishi Qur’oni Karim Niso surasining 59-oyati hukmiga ko‘ra ishboshi va rahbarlarga bo‘ysunishi zarur. “Ahli sunna val jamoa” aqidasida bu narsa aniq belgilab qo‘yilgan. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam xabar berdilar: “Kimki o‘z amiridan biror noxushlik ko‘rsa, bas, sabr qilsin! Chunki, kimki sulton buyrug‘idan bir qarich tashqari chiqsa, johiliyat o‘limida vafot etibdi” (Buxoriy, 9/7053-7054, 7143; Muslim, 3/1849). Mazkur hadisi sharifda amir va sultonga itoat etish shartligi ta’kidlangan.
      Vidolashuv hajlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Rabbingizga ibodat qilinglar, besh vaqt namozingizni o‘qinglar, ramazon oyigizning ro‘zasini tutinglar, mollaringizning zakotini ado qilinglar va ishingiz egalariga itoat etinglar, (shunday qilib) rabbingizning jannatiga kiringlar!” (Hokim, 1/19). Ushbu hadis Imom Muslim rahimahulloh shartiga ko‘ra sahihdir.
     Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kimki ummatimga qarshi chiqsa-yu, ularning yaxshisini ham, yomonini ham urib o‘ldirsa, ularning mo‘’minligidan parvo qilmasa, (musulmonlik va tinchlik-omonlik) ahdini qilgan kimsaning ahdiga vafo qilmasa, bas, u mendan emas va men ham undan emasman!”. Imom an-Navaviy rahmatullohi alayh “Sharhi Sahihi Muslim” asarida mazkur hadisdagi “ularning mo‘’minligidan parvo qilmasa” jumlasini “g‘azablangani bois, o‘zining nafs-havosi sababli bir mo‘’minni o‘ldirib yuboraveradi, qilgan ishini o‘ylab ko‘rmaydi, uning gunohi-uvolidan qo‘rqmaydi”, deb izohlagan. Yana Imom an-Navaviy (r.h.) ularning bu ishlari oqibatini bunday tushuntirgan: – “Ya’ni, ularning bu ishi borasida hech qanday hujjat yo‘q, foyda beradigan uzr ham yo‘q!”
     Yana buzg‘unchi toifalarning asossiz da’volaridan biri – o‘z o‘zini o‘ldirib, “shahidlik” darajasiga yetishdir. Lekin, musulmon kishi urushni orzu qilmasdan, tinchik tarafdori bo‘lishi zarur. Muso ibn Uqbadan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Abu Avfoning Umar ibn Abdulazizga yo‘llagan maktubini uning kotibi Solim o‘qib berdi. Maktubda: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Dushman bilan to‘qnashishni orzu qilmanglar, Allohdan ofiyat tilanglar!”, dedilar”, deb yozilgan ekan ("Sahihi Imom Buxoriy": 7237).
     Kishining o‘zini-o‘zi o‘ldirishi, “o‘z joniga qasd qilish”, deb baholanadi. Shariat nuqtai nazaridan bu ish qattiq qoralanadi. – Alloh taolo ogohlantiradi: “...o‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!..” (Baqara, 195).
       Hadisi sharifda: “Qiyomat kuni birinchi savol nohaq to‘kilgan qon to‘g‘risida bo‘lur” deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Abu Hurayradan raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim tog‘dan tashlab o‘zini o‘ldirsa, u jahannam o‘tida mana shunday holatda abadiy azoblanadi. Kim zahar ichib, o‘ziga suiqasd qilsa, jahannam o‘tida qo‘lidagi zaharni ichgan holda abadiy azoblanadi. Kim o‘zini temir bilan o‘ldirsa, jahannam o‘tida temirini qorniga urgan holda abadiy azoblanadi” (Imom Buxoriy rivoyati).
     Imom Qurtubiy Qur’oni karim “Niso” surasidagi: “Bir-birlaringizni o‘ldirmangiz!” oyati haqida fikr bildirib, unda insonlar bir-birini o‘ldirishdan qaytarilgan bo‘lsa, bu shaxsning o‘z joniga qasd qilishini ham o‘z ichiga oladi”, deydi.
       Yuqoridagilardan shunday xulosa qilishimiz mumkin: o‘limni tanlash, o‘zini o‘zi o‘ldirish, begunoh insonlarga qarshi qurol ko‘tarish, musulmonlarini qonini to‘kish, buzg‘unchi-bog‘iy, kallakesarlarga qo‘shilish va shu yo‘lda o‘lish shahidlik emas, balki og‘ir jinoyat, jahannam yo‘lidir. Islom dini turli bahonalar bilan insonlarni halokatga chorlayotgan dinbuzarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.
       Hayot mazmuni saodatdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Alloh insonni baxtli bo‘lish uchun yaratgan”.

 

Saidhanbalova Robiya

Xadichai Kubro ayol qizlar bilim yurti 3-kurs talabasi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217270
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24622
  • 19079
  • 12847
  • 15824