Qarg‘ishdan saqlaning....
28.10.2017 5013

Mahallamiz hududida bolalar bog‘chasi bor. Har kuni ertalab ayol- qizlar, kelinlar jajjigina o‘g‘il-qizlarini bog‘chaga masjidimiz oldidan olib o‘tadilar. Bolalardan ba’zi birlari yig‘lab, bog‘chaga bormayman, deb harhasha qiladi, yig‘laydi.

Yaqinda bir yosh kelin kichkinagina o‘g‘ilchasini qo‘lidan yetaklab, “Tez- tez yur” deb tortqilab ketayotgan edi. Bola “Oyog‘im og‘riyapti”, deb yig‘lay boshladi. Shunda onasini jahli chiqib «Oyog‘ing singur tez-tez yur», deb qarg‘ay boshladi. Oradan bir daqiqa ham o‘tmasdan nariroqdagi ariqqa bolasi yiqilib tushdi va chinqirab yig‘lay boshladi. Ona bolasini bag‘riga bosib ovutishga harakat qilardi, ammo urinishlari besamar ketdi. Bola ovunmagandan keyin shifokorga olib borishga majbur bo‘ldi. Tashxisni qarang: bolani oyog‘i ikki joyidan cingan. Ona yig‘ladi, afsus qildi. Endi foydasi yo‘q.

Bolasini «Oyog‘ing sinsin» deb qarg‘agan ona ikki ko‘zi yosh bilan hayron turardi.

Rasullulloh sallollohi alayhi vasallam qarg‘ishdan qaytarib, “O‘zingizning haqqingizga, bolalaringiz haqqiga, molingiz haqqiga, xizmatkorlaringiz haqqiga duoibad qilmang. Alloh taolo so‘ralgan narsalar vaqtiga muvofiq bo‘lib qolsa, duoibadingiz qabul bo‘lib qoladi”, dedilar. (Muslim rivoyati)

Qolaversa, xalqimizda "Yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta Omiyn deydi”, degan hikmatli gap bor. Qarg‘ishdan, duoi baddan ehtiyot bo‘laylik.

 

Dilshod Umurtoyev,

Yahyo qori jome masjidi imom-xatibi

 
 

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218886
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47181
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45645
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24750
  • 19218
  • 12938
  • 15947