ARAZ UCh KUN
16.11.2017 6527

Alloh mo‘minlarning qalbini iymon bilan pokladi, Qur’on va sunnatda bayon qilingan odoblar bilan yuraklaridan shaytonning nasibasini chiqarib tashladi, uchrashganda salomlashib, qo‘l berib ko‘rishishni sunnat qildi. Ularning mo‘min birodariga nisbatan ishonchda bo‘lishi uchun bir-biriga o‘zaro muhabbat va do‘stlikni izhor qilishga buyurdi. Ana shunda ular sirlarini baham ko‘radi va o‘z birodari siymosida haqiqatga ko‘makchi, hayotiy vazifalar va dunyo ishlarida samimiy maslahatchi va yordamchini ko‘radi.

Gina-araz esa dindosh birodarlar o‘rtasida aloqaning uzilishiga sabab bo‘ladi, natijada mehrsizlik, adovat va nafrat zohir bo‘ladi, shaytonga mo‘minlar orasiga nizo solish uchun qulay fursat tug‘iladi.

Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kechadan ortiq gaplashmay tashlab qo‘yishi, uchrashsalar unisi u yoqqa yuz o‘girib, bunisi bu yoqqa yuz o‘girishi halol bo‘lmaydi. Ularning eng yaxshisi salomni avval berganidir» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Demak, musulmonning araz qilishi uch kecha-kunduzdan ortiq bo‘lsa va shar’iy maqsad uchun bo‘lmasa, bu ish gunohi kabira sanaladi.Chunki bunda oraning uzilib ketishibor.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar uch kishini Tabuk g‘azotidan uzrsiz qolgani uchun ellik kun gaplashmay, o‘z holiga tashlab qo‘ydilar.Hatto keng yer ular uchun tor bo‘lib ketdi, yuraklari siqildi, so‘ngra ularning tavbalari qabo‘l  bo‘lgani haqida oyat nozil bo‘ldi. Alloh taolo bu voqeani sifatlab aytadi: «Yana o‘sha uch kishining (tavbalarini ham qabo‘l  qildiki), to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, Allohning (g‘azabidan) faqat O‘ziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha (tavbalari) qoldirilgan edi (ya’ni tavbalari qabo‘l  bo‘lmay turgan edi). So‘ngra (Alloh) tavba qilishlari uchun ularga tavba yo‘lini ochdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabo‘l  qiluvchi, mehribondir» (Tavba,118).

Agar bu tashlab qo‘yish tashlab qo‘yilgan kishining qilgan gunohiga yarasha bo‘lsa va uni xaqqa qaytara olsa, bunda foyda bor. Ammo tashlab qo‘yilayotgan kishiga foyda keltirish u yokda tursin, aksincha, yomonlik va fosiqlikni ziyoda qiladigan, uni yomonlarga qo‘shilib ketadigan holatga olib keladigan bo‘lsa, buning foydasidan zarari ulkanroqdir. Oqil musulmon holatlarni munosib darajada baholay oladi va jamiyatga foyda keltiradigan ishlarga qo‘l uradi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Musulmonningo‘z birodarinigaplashmay tashlab qo‘yishi halol bo‘lmaydi» degan so‘zlari barcha qarindosh va do‘st-birodarlarni o‘z ichiga oladi («Tuhfatul Ahvaziy»).

Manoviyning aytishicha, «gaplashmay tashlab qo‘yish» boshqa bir insonni yo til orqali yoki badan yoxudqalbi bilan ajratib qo‘yishidir («Attavkif ala muhimmatit-ta’ariyf»: 242).

Imom Navaviy aytadi: «Mazkur hadisdan musulmonlar bir-birlarini gaplashmay uch kechadan ortiq tashlab qo‘yishining harom ekani ma’lum bo‘lyapti, uch kun ichida gaplashmay qo‘yishlari mumkin ekanligi tushunilyapti, ya’ni, bu muddatda uni kechirilyapti, chunki odamzotda g‘azablanish, badxulqlik tabiati bor.Shuning uchun o‘sha oriziy g‘azab va badxulqlik so‘nishiga imkoniyat berilyapti».

Abu Abbos al-Qurtubiy aytadi: «Bu o‘rinda e’tiborga olingan narsa uch kechadir, hatto agar arazlashish kunduzida boshlangan bo‘lsa o‘sha kunduzning qolgan qismi e’tiborga olinmaydi, balki o‘sha kunduzning kechasidan boshlab e’tiborga olinadi, ruxsat ham o‘sha uch kechaning tugashi bilan tugaydi».

ShuaybningAbu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda «uch kun» deyilganda, o‘sha uch kunning kechalari bilan birga ruxsat berilganiga e’timod qilinadi, ya’ni, kechalari deyish bilan kunduzlari ham, kunduzlari deyish bilan kechalari ham maqsad qilingan, mutlak uch kecha-kunduzning o‘tishi e’tiborli. Masalan, shanba kunining peshinidan boshlansa uning oxiri seshanba kunining peshinida bo‘ladi» («Fatxul Boriy»: 10/507).

Shayx Usaymin aytadi: «Musulmon kishi o‘z birodarini uch kundan ortiq gaplashmay tashlab qo‘yishi joiz emas, lekin uch kundan kam bo‘lishi mumkin, aslida bu ham musulmon uchun munosib ish emas. Chunki ko‘pincha kishi bilan birodari orasida ko‘ngilhollik va izzattalablik xususida nimadir bo‘lib koladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqat uch kunga ruxsat berdilar, shundan so‘ng salomlashib ketishligi kerak. Agar gaplashmay qo‘yishda diniy manfaat bo‘lsa, ya’ni bu gaplashmay qo‘yilayotgan kishini dinda sabotli bo‘lishiga yoki gunoxlarni tark qilishiga sabab bo‘lsa zarari yo‘q, balki bu vojibdir. Darhaqiqat,Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’b ibn Molikni va uningikki sherigi Xilol ibn Umayya, Marora ibn Robi’ni gaplashmay tashlab qo‘yishga buyurdilar.Negaki, ular Tabuk g‘azotiga chikmagan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotdan qaytganlaridan keyin ular u zot huzuriga kelib, g‘azotdan qolganlari bois uzr so‘rabqasam ichdilar.

Alloh taolo aytdi: «Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaringiz (ya’ni, ayblamasliklaringiz uchun sizlarga ularning rostdan ham uzrli ekanliklariga) Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz o‘giringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilib o‘tgan narsalarini (ya’ni, munofikliklari) jazosiga joylari jahannamdir. Ulardan rozi bo‘lishlaringiz uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Alloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi bo‘lmaydi» (Tavba: 95-96).

Ana o‘sha uch kishi Alloh taoloning marhamati bilan rost so‘zladi va g‘azotga uzrsiz chiqmaganini ochiq aytdi. Ular ichida eng yoshi Ka’b ibn Molik roziyallohu anhu bo‘lib, quvvatli yigit edi. Ikkita ulovi bor boy kishi bo‘lganidan g‘azotga chikishga imkoniyatli edi.Lekin sustkashlik qilib «ana chiqaman, mana chiqaman» deyish bilan vaqtni boy berdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaytgach, Ka’b ibn Molik U zotning oldilariga keldi va: «Ey Rasululloh, men bahs-munozaraga mohir odamman, gap topib, o‘zimni oqlab ketishim mumkin, agar sizdan boshqa kishining oldida bo‘lsam edi, nima deyishni o‘zim bilardim, lekin bugun sizni rozi qiladigan va ertaga Alloh taolo huzurida sharmanda bo‘ladigan so‘zni aytmayman» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ammo bu to‘g‘ri aytdi, ketaver, Alloh o‘zi sen va ikki sheriging xususida hukm qilajakdir» dedilar va odamlarga ular bilan gaplashmaslikni buyurdilar. Ka’b aytadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berar, biroq lablari alik olib qimirladimi, yo‘qmi, bila olmasdim».

Demak, gunohqilgan kimsani farzni tark qilgani yoki biron harom amalni qilgani uchun unga araz qilishda foyda bor, uni to yaxshi natijaga erishilgunicha tashlab kuyiladi. Ammo tashlab qo‘yish foyda bermaydigan, balki aks natijani keltirib chiqaradigan bo‘lsa, uni tashlab qo‘ymaymiz, chunki shariat islohotlar uchun kelgan, buzishlar uchun emas. Mo‘min uch kundan ortiq arazlashmaydi, mana shu arazga taalluqli hukmdir.

Musulmonlar bir-birining oldidan o‘tib, salomlashmasliklari kishiga nihoyatda yomon ta’sir qiladi. Axir ular birodar. Eng muhimi, ulardan qaysi biri  oldin salom bersa o‘n hasanotni qo‘lga kiritadi, iymoni quvvatlanadi, ularning o‘rtasidagi mehr-muhabbatning yanada ziyoda bo‘lishiga sababchi bo‘lib jannatga kirish foydasiga ega bo‘ladi.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Allohga qasamki, to mo‘min bo‘lmaguncha jannatga kira olmaysiz, to bir-biringizga muhabbatli bo‘lmaguncha mo‘min bo‘la olmaysiz. Agar amal qilsangiz o‘rtalaringizda muhabbat paydo qiladigan narsani aytib beraymi, oralaringizda salomlashishni yoyinglar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ya’ni, salomni keng yoyish muhabbat sabablaridan, muhabbat iymondan va iymon esa jannatga kirishga sabab ekanini bayon qilib berdilar.

Bugungi kunda musulmonlar bir-biri bilan uchrashib salom bermasliklari bizni juda afsuslantiradi. Ular hamdars o‘rtoqlar bo‘lishi mumkin, bu hamdarslik maktabda, kollejda, institutda yoki qaysidir ilm dargohida bo‘lgan. Ularning ilm olganlari qayoqqa ketdi, tolib ilmligining nima foydasi bor?..

Shuning uchun sizlarni salomni keng yoyaylik, albatta uning ulkan foydalari bor. Chunki bu tilning amali, til agar ertalabdan kechgacha tinmasa ham charchamaydi.

Allohdan o‘zimizga va sizlarga hidoyat, tavfiqhamda gunohdan poklashini va tavbalarimizni qabul  qilishini so‘raymiz, albatta Alloh taolo hamma narsaga qodir zotdir». (Shayx Usaymin: «Riyozuz-solixiyn sharhi», 138, 140 s).

 

 

Soliyev Komiljon

Shayxontohur tumani “Oq Tunukali” jome masjidi

 imom-xatibi

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218883
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98164
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47181
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45640
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24750
  • 19218
  • 12936
  • 15947