Amazonka o‘rmonzoridagi Qur’on mo‘jizasi
10.11.2016 10106

    Amazonka qalin o‘rmonzorining serhosilligini Sahroi Kabirning markazidagi qurib qolgan ko‘lning tubidan ko‘tarilgan fosfor zarralari ta’minlab beradi, deb tasdiqlamoqda amerikalik olimlar. Geophysical Letters oynomasida chop etilgan yangi izlanishlar sayyoramizning olis hududlarining o‘zaro bog‘liqligini yana bir bor namoyish qilmoqda.
    Shamol Sahroi Kabirdan chang va qum zarralarining ko‘tarib minglab kilometr g‘arbga, Amazonka daryosi hududiga olib borishi avvaldan ma’lum. NASA 2006 yilda Yer atmosferasidagi bulut qoplamlarining harakatilarini kuchatuvchi CALIPSO nomli sun’iy yo‘ldoshni uchirgan edi.
    Mana shu sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga tayanib, Merilend Davlat Universitetida faoliyat yurituvchi Xunbin Yu (Hongbin Yu) har yili Sahroi Kabirdan o‘rtacha hisobda 182 million tonna chang ko‘tarilib, undan 28.8 million tonnasi Amazonka daryosi hududiga yetib boradi, deb tasdiqlamoqda.
    Shuningdek, ushbu chang-g‘uborning qancha miqdori fosfor ekanligini ham aniqlab chiqdi. Amazonka daryosi hududining tuprog‘i fosforga juda qashshoq: yomg‘irlar va daryo oqimi qalin o‘rmonzorlardan mana shu ozuqaviy moddani oqizib ketadi. Sahroi Kabir esa, aksincha, fosforga juda boy — ushbu mineralining eng katta koni Chad hududida joylashgan, avval qurib qolgan ko‘lning tubi hisoblanadi.
Yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar hamda Chad, Barbados va Mayamidagi ilmiy-izlanish stansiyalarida yig‘ilgan chang namunalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, Amazonka daryosi hududiga har yili qariyb 22 ming tonna — deyarli qancha miqdor yuvilib ketgan bo‘lsa, shuncha fosfor yetib boradi ekan.
    Mana shu joyda, Alloh taoloning Qur’oni karimda zikr qilgan: “Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni o‘limidan keyin tiriltirishida va shamollarni ne yo‘nalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bor” degan oyatini eslamaslikning iloji yo‘q.
    Darhaqiqat, Alloh taolo Amazonka daryosi o‘simliklar uchun o‘ziga xos rizq bo‘lgan fosforni osmondan yog‘dirib qo‘ygan, mana shu rizqni olib kelish uchun shamollarning yo‘nalishini tartibga soldirib qo‘ygan Zotdir. Alloh taoloning yaratgan va tartibga solgan narsalari, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qilib: “ Yo Robbimiz, Sen bularni bekorga yaratganing yo‘q, O‘zing poksan”, deymiz.

 

Internet ma’lumotlari asosida Sayyid tayyorladi

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217187
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24614
  • 19075
  • 12843
  • 15819