AKSA URISh VA UNGA JAVOB QAYTARISh ODOBLARI
17.7.2017 18640

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi, esnaganni yoqtirmaydi. Sizlardan birortangiz aksa ursa va Allohga hamd aytsa, uni eshitgan har bir musulmon: «Yarhamukalloh» deyishi lozim bo‘ladi. Esnash esa shaytondandir. Sizlardan birortangiz esnak kelganda imkoni boricha uni qaytarsin. Chunki sizlardan biringiz esnasa, shayton uning ustidan kuladi». Bir rivoyatda: «Sizlardan biringiz (esnab) «A-a-a-hh» desa shayton undan kuladi» (Muttafaqun alayh).

 

Aksa urishni yaxshi ko‘rilishiga sabab, u faollik va och holatdan yuzaga keladi. Esnash esa to‘qlik va dangasalik oqibatidan yuzaga keladi.

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan biringiz aksa ursa: «Alhamdu lillah» (Allohga hamd bo‘lsin), desin, shunda birodari yoki hamrohi unga: «Yarhamukalloh» (Senga Allohning rahmati bo‘lsin), desin. «Yarhamukalloh» desa u: «Yahdiykumullohu va yuslihu bolakum» (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va holingizni isloh qilsin», deb javob qaytarsin» (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Aksa urganda «Alhamdulillah» deb Allohga hamd aytishning hikmatlaridan biri shuki, inson yuzida yettita suv to‘plaguvchi xaltachalar bo‘lib, aksa urmasdan yursa, o‘sha xaltachalar suv to‘plab qolar ekan, natijada o‘sha suvlarni shipiris yordamida chiqarib tashlanar ekan. Allohning fazli bilan inson aksirsa o‘sha xaltachadagi suvlar aksa urish natijasida chiqib ketar ekan( «Sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar akademiyasi» ning qarori)

 

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman: «Sizlardan biringiz aksa urib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit (yarhamukalloh) aytinglar. Allohga hamd aytmasa, unga tashmit aytmanglar» (Imom Muslim rivoyati).

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aksa ursalar yuzlarini qo‘llari yo kiyimlari bilan to‘sar va shu bilan ovozlarini pasaytirar edilar (Imom Ahmad, Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari).

 

Salama ibn Akva’ roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:

 

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki marta aksirgan kishining «Alhamdulillah» deganiga ikki marta «Yarhamukalloh» dedilar. Haligi kishi uchinchi marta aksirib «Alhamdulillah» degan edi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bu shamolagan ekan», deb «Yarhamukalloh» demadilar».

 

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar. Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu «Alhamdulillahi», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

 

Ulamolar aksa urish to‘g‘risidagi hadislarni barchasini o‘rganib aksa urishning quyidagi odoblarini sanab chiqqanlar:

  1. Aksa uruvchi yuzini qo‘li yo kiyimi bilan to‘sishi
  2. Aksa urganda imkon boricha ovozini pasaytirishi
  3. Aksa urayotganda o‘ng yoki chap tomonga qarab aksa urmaydi. Chunki ikki tomonidagi odamga aziyat berib qo‘yishi mumkin.
  4. Aksa urgan odam baland ovozda «Alhamdulillah» deb Allohga hamd aytishi
  5. Aksa uruvchining Allohga hamd aytganini eshitgan har bir odam unga «Yarhamukalloh» deb javob berishi
  6. «Yarhamukalloh» deyishda musulmonlarni o‘zaro birlashtiruvchi va muhabbat paydo qiluvchi tuyg‘u borligi
  7. Aksa urib «Alhamdulillah» demagan odamga «Yarhamukalloh» deyilmasligi.
  8. Juma xutbasi paytida aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh» deb javob berish makruhligi.
  9. Hojatxonada turib aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh» deb javob berish mumkinmasligi
  10. Namozda turib aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh» deb javob bersa namozi buzilishi
  11. Ikki martadan ko‘p aksirgan odam kasalligi tufayli aksirayotgan bo‘lishi mumkinligi uchun unga «Alhamdulillah»  degan taqdirda ham «Yarhamukalloh» deb javob qaytarmasa gunoh bo‘lmasligi.

 

 

      Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

 

 

 

 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218737
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98138
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47158
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45605
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24741
  • 19201
  • 12929
  • 15934