Ассалому алейкум
Mavzu:

Qur’onning elektron nusxasini tahoratsiz ushlash joizmi? 18.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Kompyuterdagi elektron Mushafni tahoratsiz holda tilovat qilsa yoki yod olsa bo‘ladimi?

Bo`lim
10706
Javob:

Va alaykum assalom. Tahoratsiz odam elektron shakldagi Mushafni o‘qishi, qiroat yozilgan kasseta, disk yoki telefonni ushlashi, ulardan foydalanishi joiz. Bunda u xotiradagi Qur’onga o‘xshatiladi.

Agar yozilgan (varaqiy) Mushafni ushlamoqchi bo‘lsa, tahoratli bo‘lishi shart qilingan. Masalan, kitob holidagi Qur’oni karimni qo‘lga olish uchun tahorat qilish kerak. Elektron shakldagi Qur’onda bunday emas. Unda Qur’on qo‘lga olinmaydi, faqat ekran orqali ko‘riladi va o‘qiladi. Albatta bunda tahoratli bo‘lish afzal. Shunday bo‘lsa-da, xotirasiga Qur’oni karim dasturi yoki qiroati yozilgan moslamalar (telefon, disk) bilan hojatxonaga kirilmaydi.

Ba’zi ulamolar bu borada aytilgan dalillarni e’tiborga olib, elektron Mushaf ham varaqiy (yozilgan) Mushaf kabidir. Uni ushlash uchun tahorat qilish shart. Aks holda bu Qur’oni karimga hurmatsizlik bo‘ladi, deyishgan. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217040
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qur’onning elektron nusxasini tahoratsiz ushlash joizmi? 18.09.2017

Assalomu alaykum. Kompyuterdagi elektron Mushafni tahoratsiz holda tilovat qilsa yoki yod olsa boladimi?

10706