Ассалому алейкум
Mavzu:

Marhumlar haqiga xatm qilish haqida.18.09.2017

Savol:

Biz tomonlarda to‘ylarda, ayniqsa ro‘za oylarida marhumlarni yo‘qlab “Xatm” buyuriladi. Ya’ni, masalan bir oiladan 4 yoki 6 kishi o‘tgan bo‘lsa, shularga atab imom yoki domlalarga “Xatm” buyuriladi. Imom yoki domlalar to‘y kuni yoki iftorlikda “Xatm” buyurilgan marhumlarni har birini yo‘qlab “Xatm” qilishadi. Har bir marhumga atab alohida-alohida xatm bag‘ishlanadimi yoki xonadondagi hamma marhumlarga atab bitta umumiy holda “Xatm” qilsa ham bo‘ladimi? Keksalarimiz orasida “Xatmi Qur’on”, “Xatmi Sag‘ira”, “Xatmi Xoja” kabi xatmlar bor deyishadi. Umuman “Xatm” haqida batafsil ma’lumot bersangiz! “Xatmi Qur’on”dan tashqari qilinadigan xatmda qanday sura, oyat, duolar o‘qiladi va ularning tartibi qanday?

Bo`lim
10983
Javob:

Bismillah, valhamdulillah. Mazhabimiz ulamolariga ko‘ra, Qur’on o‘qib, savobi mayyitlarga bag‘ishlansa, manfaati yetadi. Buni har bir mayyitning o‘ziga alohida yoki barchalariga jamlab turib qilsa bo‘laveradi. Ishlar niyatga bog‘liq, ezgu amalni bajaruvchi, “Imon bilan o‘tganlarga tegsin”, deb niyat qilsa, inshaalloh, barcha marhumlar bundan manfaat oladilar.

Endi xatmi kabir va xatmi sag‘ir haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tamiz. Qur’oni karimni Fotiha surasidan Nosgacha to‘liq o‘qib chiqish xatmi kabirdir. Ixlos surasini uch marta o‘qish esa xatmi sag‘ir deyiladi. Zero, mazkur sura Qur’onning uchdan biriga teng ekani haqidagi ko‘p rivoyatlar keltirilgan.

Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam:

– Sizlardan biron kishi kechasi Qur’onning uchdan birini o‘qishga qodir emasmi? – dedilar. Odamlar so‘rashdi:

– Qanday qilib Qur’onning uchdan birini o‘qiy oladi?

– Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng, – ta’kidladilar u zot (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Dorimiy va Ahmad rivoyat qilgan).

Ixlos surasini bir marta o‘qigan odam Qur’onning o‘n porasini o‘qish savobini oladi. Bir pora – 10 varaqqa (20 betga) teng.

Yana bir hadisi sharifda: “Alloh Qur’onni uch qismga bo‘ldi. Ixlos surasini uning bir bo‘lagi qildi”, deyilgan (Muslim, Dorimiy, Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilgan).

Odatga ko‘ra, xatmi sag‘irda Ixlos surasi uch marta, keyin Falaq va Nos suralari bir martadan o‘qiladi. Vallohu a’lam! (Manba: “Qur’on – qalblar shifosi”)

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217149
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Marhumlar haqiga xatm qilish haqida.18.09.2017

Biz tomonlarda toylarda, ayniqsa roza oylarida marhumlarni yoqlab Xatm buyuriladi. Yani, masalan bir oiladan 4 yoki 6 kishi otgan bolsa, shularga atab imom yoki domlalarga Xatm buyuriladi. Imom yoki domlalar toy kuni yoki iftorlikda Xatm buyurilgan marhumlarni har birini yoqlab Xatm qilishadi. Har bir marhumga atab alohida-alohida xatm bagishlanadimi yoki xonadondagi hamma marhumlarga atab bitta umumiy holda Xatm qilsa ham boladimi? Keksalarimiz orasida Xatmi Quron, Xatmi Sagira, Xatmi Xoja kabi xatmlar bor deyishadi. Umuman Xatm haqida batafsil malumot bersangiz! Xatmi Qurondan tashqari qilinadigan xatmda qanday sura, oyat, duolar oqiladi va ularning tartibi qanday?

10983