Tahorat


Tahorat 




 

 

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur. Albatta, Uning ozi magfiratli va rahmlidir. Sizlarga azob kelib, songra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga boyin suninglar!(Zumar, 53-54). Mazkur oyatning nozil bolish sababi haqida koplab rivoyatlar mavjud. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, bu oyat ozlarining zarariga ish (gunoh) qilishda haddan oshgan musulmonlar haqida nozil bolgan. Ular johiliyat davrida qilib otgan gunohlarisababidan imonlari ham, solih amallari ham maqbul bolmaydi, deb qorqardilar. Bazi mufassirlarga kora, oyat musulmon bolishni xohlaydigan, lekin tavbasi qabul bolishidan qorqqan Vahshiy ibn Harb haqida tushgan. Rivoyatlarga kora, bu oyat tushgach, Vahshiy musulmon bolgan. Paygambarimizdan (alayhissalom): Bu oyat faqat Vahshiyga tegishlimi yoki barcha musulmonlarga umumiymi? deb soralganida u zot: Yoq, butun musulmonlarga tegishli, deb javob berganlar (Faxriddin Roziy tafsiri). Yana boshqa ulamolar bu oyat gunohi kabira qilganlar dozaxiylardir, deydigan qavm haqida nozil bolganini aytishadi. Alloh taolo bu oyati bilan ozi xohlagan kishisining barcha gunohlarini kechirib yuborishini bildirmoqda. Oyati karima qanday sabab bilan tushgan bolmasin, ayni paytda u osiy-gunohkorlarning tavbasiga tegishli ekaniga shubha yoqdir. Demak, Shubhasizki, Alloh oziga sherik qoshganlarninng gunohini kechirmaydi (Niso, 48) oyatidagi qatiy hukm tavba qilmagan bandalar xususidadir. Alloh taolo: Bandalarim deb marhamat qilmoqda. Oyatning davomida Mening rahmatimdan noumid bolmangiz deyishi ham mumkin edi. Ammo U zot: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz, dedi. Chunki Alloh U zotning gozal ismlaridan eng ulugidir. Endi ana shunday ulug ismga nisbat berilgan rahmat va inoyat ham shu ismga yarasha buyuk bolishi kerak. Shuningdek, Rabbimiz gunohlarni kechirishi bayonida ham Ozining Alloh ismi jalilini zikr qilmoqda. Bu esa, rahmat daryosi keng, magfirat ummoni cheksizligining yana bir dalilidir. Oyat matnida kelgan isrof mol-dunyoni behuda sovurish manosida mashhur bolsa ham, aslida, har qanday ishda haddan oshishni anglatadi. Mazkur oyatda esa bu soz jinoyat, gunoh manosida kelmoqda. Yani, gunohda haddan oshib, oz nafslariga qarshi jinoyat qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan umidingizni uzmang, noumid bolmang, deyilmoqda. Bu oyat Qurondagi eng umidbaxsh oyat ekani aytiladi. Jumladan, hazrati Savbondan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Paygambarimiz (alayhissalom): Menga dunyo va undagi narsalardan kora shu oyat suyukliroqdir, deb yuqoridagi oyatni oqidilar. Shunda bir odam: Ey Allohning rasuli, shirk qilgan kimsa ham (kechiriladi)mi? deb soradi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir muddat jim qoldilar. Song: Ogoh boling, shirk keltirgan ham, deya uch marta takrorladilar. Lekin bu magfirat, bu afvning sharti imon keltirishva gunohlariga chin dildan nadomat qilib, uni takror etmaslikdir. Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur. Ha, Alloh taolo xohlagan kishisidan barcha gunohlarni kechib yuboradi. Naqadar umidbaxsh oyat! Ammo shu orinda bir narsaga diqqat qilish lozim: umid bor, lekin bu yana gunohlar qilsam mumkin ekan, degani emas,bilaks, eng kop gunoh qilgan kishilar ham imkon qadar tezroq tavba qilib, Haqqa yuzlanishlari kerak, deganidir. Bu mano mazkur oyatning ortidanoq kelgan ikki oyatda ochiq-ravshan bayon qilingan. Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: Jonim izmida bolgan Zotga qasam, agar gunoh qilsangiz, gunohingiz yer bilan osmongacha bolib ketsa ham, tavba qilsangiz, Alloh taolo kechiradi.Muhammadning joni izmida bolgan Zotga qasam, agar siz gunoh qilmaganingizda Alloh taolo gunoh qiladigan bir qavmni keltirib qoyardi. Song ular magfirat sorardilar. Alloh ularni magfirat qilardi (Ahmad rivoyati). Sizlarga azob kelib, songra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga boyin suninglar! Yani, ey insonlar, tavba qilib Parvardigoringizga yuzlaning, buyurganlariga itoat etib, Unga qayting! Uning yakkaligini tasdiqlab, faqatgina Oziga ibodat etish haqidagi davatini qabul qiling. Inkoringiz sababli azob kelib sizlarni tutmasidan ilgari Unga itoat eting, boysuning. Aks holda, biror bir yordamchi va madadkor keladigan azobdan sizni himoya qilolmaydi. Bandamiz, binobarin, bazida beixtiyor xatolar qilamiz, gunoh ishlarga qol urib qoyamiz. Zikr qilingan oyat-hadislarning manosicha, biz ana shu qilgan ishlarimizga chin dildan pushaymon bolib, qayta qilmaslik haqida Parvardigorimizga soz berib, tavba qilsak, rahmati gazabidan ustun Mehribon Rabbimiz kechirib yuborishi mumkin ekan. Alloh taolo barchamizga tavfiq berib, tavba yolimizni oson qilsin va rahmatiga doxil aylasin. Omin! Ibn Kasir, Qurtubiy, Tabariy va Faxriddin Roziy tafsirlari asosida Nomon Abdulmajid tayyorladi. Irfon taqvimining 2014 yil 2-sonidan olindi.


 

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadisi sharif qisqa va londa bolishiga qaramasdan kop va xob manolarni oz ichiga olgan sermazmun hadislar sirasiga kiradi. Unda Nabiy alayhissalom kishining dinu diyonatini komil qilib, musulmonchiligini gozallashtiradigan hamda amallariga salohiyat bagishlaydigan narsaga irshod qilmoqdalar. U ham bolsa, oziga dunyoyu oxiratda foydali bolgan ishlarga haris bolib, befoyda va oziga hech qanday aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanishni tark etmoqdir. Demak, momin kishi turli-tuman bekorchi narsalar, birovlarning hayotiy va shaxsiy ishlariga aralashish, giybat, igvo hamda chaqimchilik kabi oziga aloqasi yoq ishlar bilan qimmatli vaqtini otkazmasligi, balki, ulardan saqlanishi lozim. Uning orniga ozini Parvardigorga yaqinlashtiradigan solih amallar, toat-ibodat, ota-ona va qarindoshlarga yaxshilik qilish, ilm olish, oz manaviy boyligini oshirish va boshqa ezgu ishlar bilan mashgul bolmogi kishining musulmonchiligi va dinu diyonati naqadar chiroyli ekanligining alomati ekan.


Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217187
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24614
  • 19075
  • 12843
  • 15819