TABASSUM
18.6.2016 8660

Topganini ulashgan – saxiy, tabassumini ulashgan sa’diydir

 



      “Ey, imon keltirganlar! Ruku’ qilingiz, sajda qilingiz va Rabbingizga ibodat qilib ezgu ish qilingiz - shoyadki, najot topsangiz!” (Haj surasi 77 oyat).
     Musulmon kishi ushbu oyati karima mazmunidan kelib chiqib o‘zgalarga yaxshilik qilishga astoydil harakat qiladi. Chunki, u yaxshilik yo‘lida qo‘yilgan har-bir qadam uchun Alloh taolodan ulug‘ ajrlar bo‘lishiga qat’iy ishonadi. Shunday yaxshiliklardan eng yengili va atrofimizdagi insonlarga tez ta’sir ko‘rsatadigani - bu tabassumdir.
     Tabassum ibodat hisoblanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Birodaring yuziga qarab qilgan tabassuming sadaqadir” deb marhamat qilganlar.
     Bugungi kunda inson tabassumining 19 xili aniqlangan. Ular ikki turga: “ijtimoiy” va “asl” tabassumlarga bo‘linadi. “Asl” tabassum deganda “chin yurakdan” tabassum qilishga aytiladi. U yuzdagi 53 muskulni ishga soladi. “Ijtimoiy”, boshqacha aytganda, “xushmuomalalik uchun” tabassum qilish esa faqat 5 muskulni ishga tushiradi. Umuman, kishi tabassum qilganda yuzdagi 17 muskul ishga ishlaydi.
     Tabassum kishi yuzi uchun ajoyib badantarbiya hisoblanadi. U inson jismi va aqliga foyda beradi, qon bosimini oshishidan va yurak xastaliklaridan himoya qiladi hamda insonda o‘ziga ishonchni hosil qiladi.
    Tabassum yuz muskullarining xolati bilan xamoxang tarzda ishlaydigan miya faoliyatining ijobiy xolatini kuchaytirishi bilan birga, atrofdagilarning ruxiyatiga xam o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan sizga karab samimiy jilmayib turgan odamga nisbatan siz xam tabassum bilan muloqatga kirishib ketganingizni o‘zingiz xam bilmay kolasiz. Yoki chin yurakdan berilib kulayotgan kishini ko‘rgan odam, garchi gap nima xaqida ketayotganini bilmasa xam, unga qo‘shilib kulib ko‘yadi.
    Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarga doim tabassum bilan qarardilar. U zot sollallohu alayhi vasallam tabassum qilganlarida muborak tishlaridan devorga nur tushardi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘rni kelganida tishlarining oqi ko‘rinar darajada tabassum qilganlar. Qahqaha otib aslo kulmaganlar. “Agar sizlar men bilganimni bilganlaringizda, oz kular va ko‘p yig‘lar edilaringiz” deb marhamat qiladilar.
    Doktor Oiz Qaraniy: G‘amlarning ko‘pligi qovoq solish uchun mantiqiy sabab emas. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam insonlar orasida g‘ami eng ko‘p kishi edilar. Lekin u zot insonlarning sertabassumi edilar, - degan.
     Kishining o‘zidan boshqalarga eshitilidagan kulgisi qahqaha deyiladi. Bunda u atayin yoki beixtiyor kuladimi, tishi ko‘rinadimi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q. Qiqirlab kulish arab tilida “zihkun” (“zohkun” yoki “zohikun”) deyiladi. Kishining faqat o‘zi eshitadigan darajadagi kulgisi qiqirlab kulishdir. Miyig‘ida jilmayish, ohista kulish tabassum bo‘lib, mana shu kulgi mo‘minning sifatidir.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisasi N.G‘ofurova

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218931
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98171
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47194
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45668
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24756
  • 19220
  • 12940
  • 15950