Ari voqeasidan olingan hikmat
10.1.2017 9138

    Yarim tunda kenja farzandim bezovtalanganidan uyg‘onib ketdim. Bunga sabab uy ichida uchib yurgan ari ekan. Chiroqni yoqib, xona shiftida katta qovog‘arini ko‘rdim. Deraza tirqishidan kirgan bo‘lsa kerak. Uyquda yotgan bolalarni chaqmasin deb arini haydamoqchi bo‘ldim. Aksiga olib, shiftdagi qaldirg‘ochning bo‘sh iniga kirib ketdi. Tabiiyki, u yerdan chiqarib olishning iloji yo‘q. Indan chiqishini kutishga qaror qildim. Ancha vaqt o‘tdi, aridan darak yo‘q. Uyqum qochdi: o‘z holatimdan o‘yga toldim. Qaldirg‘och iniga kirib ketgan ari qaytib chiqadimi, chiqqan taqdirda ham, kimnidir chaqadimi-yo‘qmi, Xudo biladi. Men bunga to‘sqinlik qilolmasligim aniq. Miyamda bir og‘riqli mulohaza: ko‘rinib turgan narsaning foydali ekanini bilsak, qanchalik qiyin bo‘lmasin, uni qo‘lga kiritish yoki zararli bo‘lsa, bartaraf etish payiga tushamiz. Biroq biz ko‘rmasak-da, bizni ko‘rib turgan, har bir harakatimiz tugul, ko‘nglimizdan o‘tayotgan o‘y-fikrlardan ham voqif Zot – Alloh taologa ibodatda erinchoqlik qilamiz.
    Shularni o‘ylarkanman, qanchadan-qancha tunlarni g‘aflatda o‘tkazganimni eslab, pushaymon bo‘ldim. Darhol tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qidim. So‘ng duolarimni ijobat etishini so‘rab, iltijo qildim. Vujudimda ajib yengillik his etdim. Salom berib, turarkanman, xontaxta ustida karaxt yotgan qovog‘ariga ko‘zim tushdi. “Subhanalloh!” deya mehribon Zotni ulug‘ladim.

 

Jamshid Norchayev,
Toshkenttibbiyot Akademiyasi dotsenti

 

Manba: www.irfon.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217281
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24622
  • 19080
  • 12847
  • 15826