O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etiladi
2.9.2017 4242

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida Imom Termiziy jome’ masjidini rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan va Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirgan edi. 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, mazkur markaz loyihasi bilan tanishdi. 

Mamlakatimizda muqaddas dinimizni, ulamolarimizning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga aloihida e’tibor qaratilmoqda. Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda, Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Termiziy, Qarshi tumanidagi Abul-Mu’iyn Nasafiy ziyoratgohlari va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. 

Bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shularni inobatga olib, davlatimiz rahbari Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi, deb o‘zgartirish taklifini bildirdi. 

Loyihaga ko‘ra, ushbu markazda akademiya, kutubxona, arxiv va qo‘lyozmalar fondi tashkil etilib, ularni bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va ulamolar tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video va foto hujjatlar bilan boyitish, 300 o‘rinli konferensiya zali barpo etish ko‘zda tutilgan. 

Biz ajdodlarimiz bilan doimo faxrlanib kelganmiz, dedi davlatimiz rahbari. Shunday ekan, o‘zimiz ham ularga munosib bo‘lishimiz kerak. Tashkil etilayotgan markazda ham buning uchun barcha sharoitlarni yaratish, yetuk olimlarni jalb qilish lozim. Mazkur sohaga oid adabiyotlarni jamlash, chet ellarda bo‘lsa, yurtimizga olib kelish choralarini ko‘rish zarur. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi diniy yo‘nalishdagi to‘qqizta o‘rta maxsus va ikkita oliy ta’lim muassasasi ham markaz ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda saboq beradigan o‘qituvchilar bilimi va saviyasiga alohida e’tibor qaratish darkor. 

Shavkat Mirziyoyev markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratdi. 

Bu markaz bizning islom dini targ‘ibotidagi yuzimiz bo‘ladi. Shunday ekan, uning tashqi ko‘rinishi, bu yerda ishlatiladigan qurilish materiallariga ham e’tibor qaratish lozim. Odatdagi, ko‘zimiz o‘rganib qolgan loyihalardan voz kechib, yangi shakl va dizayn topishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. 

Loyihalarda markaz qurilishi munosabati bilan boshqa joyga ko‘chiriladigan aholi uchun barpo etiladigan yangi zamonaviy uy-joylar haqidagi ma’lumotlar ham o‘z aksini topgan. 

Prezidentimiz davlat va jamoat tashkilotlari, Musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan suhbatlashdi. 

 

Manba.president.uz

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217150
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24610
  • 19070
  • 12840
  • 15813