“Umra-2017” Ramazon mavsumi guruh rahbarilari uchun o‘quvlar tashkil etildi
18.5.2017 4101

2017 yilning 17 may kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorlikda “Umra-2017” Ramazon mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminarda guruh rahbarlariga safarga borib kelgunga qadar bo‘lib o‘tadigan barcha tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan shifokorlar guruhi a’zosi tomonidan umrachilarga yetkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy tavsiyalar to‘g‘risida ham alohida ma’lumotlar berib o‘tildi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining qaror va tavsiyalari bilan tashkil etilgan mazkur mavsum davomida 650 nafar fuqarolarning umra ziyoratiga borishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi a’zosi, 13 nafar guruh rahbari, 3 nafar shifokor hamda 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilarimiz mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida kuzatish va kutib olish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘rtasidagi kelishuvga asosan, “Umra-2017” Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlari 13 iyunidan 29 iyuniga qadar davom etadi.

 

     Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

            Axborot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217833
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97982
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47005
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44868
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24671
  • 19133
  • 12880
  • 15862