"Umra-2016" Ramazon mavsumi ziyoratchilarimiz Madinada
28.6.2016 4667

     Avval ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston ziyoratchilarining Ramazon oyidagi Umra safarlari boshlandi. Joriy yilning 25 iyun kuni Umra amalini bajarish uchun Jidda shahriga yetib kelgan Vatanimiz ziyoratchilarini O‘zbekiston musulmonlari idorasining hamkori “al-Hidoya” shirkat rahbariyati va ishchi guruhlari kutib oldi. Ziyoratchilarimiz shu kuning o‘zida so‘nggi rusumdagi zamonaviy avtobuslarda Madinai Munavvara ziyoratiga yo‘l oldilar.
      Madinaga yetib kelgan ziyoratchilarimiz Muhammad (a.s.)ning masjidlaridan 150 metr masofadagi "Nur Mavadda" mehmonxonasiga joylashdilar. Mazkur mehmonxonaning har bir xona konditsioner, muzlatgich va boshqa texnik vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, alohida yuvinish xonalari mavjud.
    Ishchi guruhi tarkibida safarbar qilingan mohir oshpazlarimiz tomonidan ziyoratchilarimiz uchun milliy taomlarimizdan saharlik va iftorliklar hozirlanmoqda. Mehmonxonada erkaklar va ayollar uchun alohida tibbiyot markazlari tashkil etilgan bo‘lib, murojaat etishni istagan umrachilarimizga tibbiy yordam shu yerning o‘zida ko‘rsatilishi imkoniyati to‘la ta’minlangan.
Madinada ziyoratchilarimiz bir qancha muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qilishlari rejalashtirilgan. Qiblatayn, Qubo masjidlari, Uhud tog‘i va boshqa maskanlar ziyorati shular jumlasidandir.
    Ziyoratchilarimiz Madinai munavvarada uch kun bo‘lgach, ehromlarini kiyib Makka sari yo‘lga chiqadilar. Ziyoratchilarimiz o‘z minnatdorchiliklarini izhor etib, samimiy dil izhorlarini aytishmoqda.

www.religions.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218891
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47188
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24753
  • 19219
  • 12938
  • 15949