“Umra-2016” Ramazon mavsumi ziyoratchilari Vatanga qaytmoqdalar
7.7.2016 5090

   5 iyul kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning Ramazon mavsumidagi dastlabki 215 nafardan iborat guruhi umra safaridan Vatanimizga sog‘-salomat qaytib keldi. Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib oldilar.
   Ziyoratdan qaytgan fuqarolarimiz yaratib berilgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hukumati nomiga minnatdorchiliklarini bildirib, Yurtimiz ravnaqi yanada rivojlanishini tilab duolar qilmoqdalar.
    Avval ma’lum qilinganidek, joriy yilning 25-28 iyun kunlari o‘zbekistonlik ziyoratchilarni Ramazon oyidagi umra safariga kuzatish hamda 5-9 iyul kunlari kutib olish ishlari amalga oshirildi.
   Ramazon oyidagi umra ziyoratida jami 672 nafar fuqarolarimizning Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta charter avireysida safarlari tashkil etildi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpazlar xizmat ko‘rsatdi. Ziyoratchilarga safardan oldin davlat ramzlari tushirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, “Umra” qo‘llanmasi va videotasmalar taqdim etildi.
    Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarida meningit va grippga qarshi zardob bilan emlangan. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish hamda prfilaktik ishlar olib borildi.
   O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida “Masjidi nabaviy”dan 500-600 metr uzoqlikda joylashgan to‘rt yulduzli “Safva al-Mavadda” mehmonxonasi, Makka shahrida esa “Xaram masjidi”dan 600-700 metr uzoqlikdagi “Abroj al-Kisva” mehmonxonasi xizmat ko‘rsatdi.
     Ziyoratchilar ibodatlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratib berildi. Ziyoratchilar uchun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun’iy yo‘ldosh orqali O‘zbekiston televideniyasi dasturlarini tomosha qilish, Vatanimizda bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lish imkoniyatlari yaratildi.
    Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay sharoitlar yaratish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Jidda shahridagi Bosh konsullik tarkibida joriy etilgan “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha attashe hamkorligida tashkil etildi.

 

 

www.religions.uz  

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949