Ulamolar Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi
6.8.2016 4757

    Shu yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ochib berib, majlis ishtirokchilarini yurtimiz mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar va ushbu qutlug‘ ayyomga tayyorgarlik ishlari haqida so‘zlab, imom-xatiblarga bu borada bajarish lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berdilar.
    Muftiy hazratlari, shuningdek, istiqlol yillarida diniy sohada erishilgan ulkan yutuqlar haqida batafsil to‘xtalib, bu yutuqlarga, eng avvalo Alloh taboraka va taoloning bergan ulug‘ in’omi – mustaqillik va tinchlik-omonlik ne’mati tufayli erishayotganimizni alohida ta’kidladilar.
   Bugun dunyoning ko‘plab mintaqalarida davom etayotgan notinchliklar, xudkushlik va birodarkushlik urushlari yuz minglab begunoh insonlarning umriga zomin bo‘layotgani, millionlab oilalarning begona yurtlarda sargardonlikka mahkum etilayotgani afsus bilan eslab o‘tildi. Bu xunrezliklar ortida turgan manfur kuchlarning fitnasidan hamyurtlarimizni ogoh etish, ularning buzuq g‘oya va aqidalariga ota-bobolarimizdan meros – moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabi asosida raddiyalar berish, yoshlarning bunday tuzoqlarga tushib qolishdan himoya qilish imom-xatiblarning birlamchi vazifasi, muqaddas burchi ekani alohida qayd etildi. Muftiy hazratlari bu sohada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalar ekan, “IShID fitnasi”, “Internetdagi tahdidlardan himoya” va “Dunyo ulamolari murojaati” kitoblari yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olingani, yuksak baholanganini aytib o‘tdilar.
   Shuningdek, majlisda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlarni iftixor bilan tilga olishdi. Diniy soha xodimlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etishdi, ba’zi kamchiliklar yuzasidan tegishli xodimlarga zaruriy tavsiyalar berishdi.
     Shuningdek, Ulamolar Kengashi vakolatiga kiruvchi turli masalalar muhokama qilindi. Majlisda bir qator tashkiliy masalalar ham ko‘rildi. Shu bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi o‘z ishini yakunladi.

 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

 

 

www.muslim.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217804
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97975
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47005
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44863
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24669
  • 19131
  • 12879
  • 15861