Toshkent viloyati imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
17.1.2017 5262

    Toshkent viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi majlislar zalida Toshkent viloyati imom-xatiblarining 2016 yil yakunlari tahlili va 2017 yil rejalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz xabar beradi. Toshkent viloyat bosh imom-xatibi raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudiri Muhammadnazar Qayumovlar ishtirok etdilar.
   Kun tatibidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasiining viloyat vakili X.Turmatov o‘z axborotida yutuqlar va kamchiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
   Shundan so‘ng Yangiyo‘l, Ohangaron, Qibray, Zangiota, Parkent, Bo‘stonliq, Chinoz, Bekobod tumanlari bosh imom-xatiblarining hisobotlari tinglandi. Ish faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
   So‘zga chiqqanlar yangi 2017 yilda har bir imom-xatib ish faoliyati samaradorligini oshirish, mehnat-intizomiga qat’iy rioya etish, turli tadbirlardagi ma’ruzalar ta’sirchanligini yanada kuchaytirish, yoshlar tarbiyasiga alohida urg‘u berish, faoliyatga oid chiqarilgan buyruqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.
   Yig‘ilish so‘ngida 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217270
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24622
  • 19079
  • 12847
  • 15824