Toshkent shahridagi 4 iyul kungi Xatmonalar
4.7.2016 6778

  Alloh aziz etgan oylar sultoni - Ramazon poyoniga yetib bormoqda. Bugun 4-iyul, Dushanba kuni taroveh namozlarining so‘nggi kunida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Ramazoni sharifning eng oxirgi xatmonalari, ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi:


1. “Yahyo qori” jome masjidi. (Manzil:Shayxontohur tumani, "Obinazir" mahallasi, Shomahmudov ko‘chasi 50-uy.) Masjid imom-xatibi-Umurtoyev Dilshodbek. Qorilar: Abdullayev Abdulbosit, Qosim Abdulloh Mirabzal o‘g‘li.

2. “Firdavs” jome masjidi. (Manzil:Shayxontohur tumani, Bog‘ko‘cha mahallasi 21a-uy.Tel: +99871 242-25-08.) Masjid imom-xatibi-Sattorov Baxtiyor. Qori: Bekxodjayev Sirojiddin.

3.“Al Hudaybiya” jome masjidi. (Manzil: Yashnobod tumani,“Birlashgan” mahallasi, Beshariq ko‘chasi 17A uy.Telefon: +99871 294-64-04) Masjid imom-xatibi Madgaziyev Jamoliddin. Qorilar: Xodjayev Ne’matulloh, Xodjayev Muhitdin.

4. “Muhammad Nosir hoji” jome masjidi. (Manzil:Yunusobod tumani, Mirzoxojiyev ko‘chasi, 19 uy. Tel:+99871 212-44-20) Masjid imom-xatibi-Ishmatbekov Hamidjon. Qorilar: Ishmatbekov Hamidjon, Muhitdinov Muxammadbobur, Baxromov Maqsudjon, Bahromov Sunnatulloh.

5. “Qatortol” masjidi. (Manzil: Chilonzor tumani, Mashrab 1-tor ko‘chasi, 2a-uy.Tel: +99871 216-14-18) Masjid imom-xatibi Alimov Abror. Qori: Alimov Abror.

6. “Oqqo‘rg‘on” masjidi. (Manzil:Uchtepa tumani, Nazarbek ko‘chasi, 32-uy.Tel:+99871 274-71-11.) Masjid imom-xatibi-Aysakov Fayzirahmon. Qorilar: Ismatullayev Abdumannof, Rahmonberdiyev Abdussamad.


    Savoblar ko‘paytirilib beriladigan bu oyning qolgan juda oz damlaridan unumli foydalanib, ikki dunyoimizni obod etguvchi ulkan sarmoya bilan hayit kunlariga yetishishlikni Alloh taolo barchamizga nasib etsin! Masjidlar sari, Qur’oni Karim sari bosgan har bir qadamlaringiz ajrini Alloh O‘zigagina ma’lum miqdordagi ajrlar ila mukofotlasin. Keyingi Ramazonlarga ana shundu omonlikda yetkazsin!



O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

 

 

www.vakillik.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12938
  • 15949