Toshkent Islom universitetida IHTning maxsus kafedrasi tashkil etilishi mumkin
20.10.2016 4483

    Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Kuni kecha, uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. U sessiya qatnashchilari oldida ma’ruza qilib, IHTning «Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi»ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
      Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekistonning yana bir tashabbusi – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining maxsus kafedrasini Toshkent Islom universiteti tarkibida tashkil etish fikrini sessiya qatnashchilariga ma’lum qildi.
     Yangi kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni o‘qish tashkil etish kabilar belgilangan.

 

 


Manba: www.kun.uz 

 

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217537
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24637
  • 19098
  • 12857
  • 15836