Surxondaryoda yangi masjid foydalanishga topshirildi
2.8.2016 4616

   Yaratganga shukrki, bugungi kunda yurtimizda ikki mingdan ziyod masjidlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangidan-yangi masjidlar qurilmoqda, ta’mir talablari ta’mirlanib, chiroyli holatga keltirilmoqda. O‘tgan yili Toshkent shahrida qad rostlagan mahobatli “Minor” jome masjidi, hozirda qurilish ishlari jadal davom etayotgan “Jo‘rabek” jome masjidi, o‘tgan yili qaytadan qurilgan “Avayxon”, “Yakkasaroy”, “Pulemas ota” masjidlari bu kabi savobli ishlarning yaqqol namunasidir. Bu kabi bunyodkorlik ishlari nafaqat poytaxtimizda balki yurtimizning barcha viloyatlar miqyosida ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016 yil 29 iyul muborak juma kunida, Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Bobotog‘” QFY “Oqmasjid” mahallasi “Oybuloq” qishlog‘i hududida joylashgan “Oqmasjid” nomli yangi jome masjid namozxonlar ixtiyoriga topshirildi. Shu munosabat bilan masjidning ochilish tadbiri o‘tkazildi.
   Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi boshlig‘i Abdulhamid Tursunov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Ergashali Rutamov va keng jamoatchilik hamda yoshi ulug‘ keksalarimiz ishtirok etishdi.
   Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu kabi xayrli ishlar diniy qadriyatlarga bo‘lgan ulkan e’tiborning natijasi ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, bu borada oyati karimada ham quyidagicha ta’kidlangani eslatib o‘tildi:“Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol o‘qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo‘rqqan kishilar obod qilurlar. Aynan o‘shalar hidoyat topuvchilardan bo‘lishlari mumkin” (Tavba, 18). Ushbu oyati karimadan ham ma’lum bo‘ladiki, masjidlarni obod qilish, ularni ta’mirlash yuksak imon va mustahkam e’tiqodning ko‘rinishidir.
   Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagida, bunyodkorlar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayratlari bilan mehnat qilishdi. Zero, masjid qurish, uni obod qilishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: “Kim Allohning roziligini istab masjid qursa, Alloh unga jannatda qasr barpo qiladi” (Imom Buxoriy rivoyati).
   Haqiqatan ham, masjidlarni ko‘rkam qilish, qulay sharoitlarni tashkil etish katta ajr beriladigan amallardandir. Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan banday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”.
   Darhaqiqat, masjidlar obodligi yurt obodligidir. Zero, masjidga ibodat qilish uchun kelgan kishilar ona-Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligini so‘rab, duo qilishadi. Bu mustajob duolarning sharofati ila Yaratgan yurtimizni yanada farovon qiladi.

 

 

Manba: www.vakillik.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217790
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97972
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47004
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44856
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24668
  • 19129
  • 12876
  • 15860