Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi obod bo‘ladi
9.7.2017 4307

Davlatimiz rahbari Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

Prezidentimiz viloyatlarga safarlari chog‘ida har bir hududning tarixini o‘rganishga, ma’naviy merosini tiklashga alohida e’tibor qaratmoqda. Muborak qadamjolarni ziyorat qilib, ularni obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda.

Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi – Namangandagi ana shunday maskanlardan biri. Qadamjo maqbara, masjid, ramziy darvoza va muzeydan iborat.

Davlatimiz rahbari bu qadamjoni qadimiy usulda ta’mirlash, keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

 

        Anvar Samadov, O‘zA

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217539
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24637
  • 19098
  • 12857
  • 15839