Shayx Zayniddin jome masjidida Hayit namozi ado etildi
6.7.2016 4355

   Ko‘ngillarga bir olam surur va quvonch baxsh etgan Ramazoni sharifning so‘nggi kunidagi Iydi Ramazon hayiti barchamiz uchun orziqib kutilgan bayram. Buni bugun erta tongdan muborak Hayit namoziga oshiqqan minglab mo‘min yurtdoshlarimiz nigohida ko‘rish mumkin edi.
   Yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi poytaxtimizdagi Shayx Zayniddin jome masjidi ham uzoq-yaqindan kelgan namozxonlar bilan to‘la bo‘ldi. Hayit namozi  avvalida Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, Shayx Zayniddin jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li qutlug‘ bayramning fayzu barakoti, yurtimizdagi e’tiqod erkinligi va milliy qadryatlariga berilayotgan e’tibor, eng bebaho ne’mat sanalmish tinchlik va osoyishtalikning qadri va fazli xususida amru ma’ruf qildi.
   Shundan so‘ng Ramazon hayiti namozi ado etildi. Masjidga yig‘ilgan mo‘minlar jamoasi duoga qo‘l ochib, bugungi nurafshon va osoyishta kunlar uchun shukronalik bildirdi, aziz Ona yurtimiz va qalbi e’zgulikka to‘la xalqimiz haqqiga duoi xayrlar qilindi.
     Namozdan so‘ng, barcha yurtdoshlarimiz qutlug‘ bayram bilan bir-birlarini muborakbod etishdi. Ayyom muborak bo‘lsin, azizlar!
Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19219
  • 12938
  • 15949