Shayxontohur tumani imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
6.4.2017 4392

   Shu yilning 5 aprel kuni Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida Shayxontohur tumanida joylashgan barcha jome masjidlari imom-xatiblari va  navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi Odilxon Ismoilov olib bordi.

   Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bir qator muhim va dolzarb mavzular borasida so‘z bordi. Xususan, Odilxon qori Ismoilov tumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘iga binoan tizimdagi barcha masjidlarda kutubxonalar tashkil etish, kutubxona fondini diniy-ma’rifiy va dolzarb mavzulardagi adabiyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu borada tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berar ekan: “Kutubxona – ma’rifat mayog‘i. Uning shu’lasi qalblarni yoritadi. Kitobga muhabbati yuksak odamning qalbi doim ezgulikka yo‘ldosh bo‘ladi. Shuning uchun ham bu xayrli tashabbusni yuksak darajada qo‘llab-quvvatlashga va bu yo‘lda bor kuch-imkoniyatimizni ishga solishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi bosh imom-xatib. 

   Shuningdek, majlisda kun tartibidagi yana bir muhim masala, ya’ni 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da O‘zbekiston musulmonlari idoarsi ko‘rsatmasiga binoan masjidlarda fuqarolarni qabul qilish tizimini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Hammamiz ham o‘quvchi-o‘rganuvchimiz. Chunki ilmning hadi, chegarasi yo‘q. Shuning uchun savol so‘rab, ayniqsa, sha’riy masalalar yuzasidan murojaat qiluvchi ko‘p.  Tashkil etilgan bu qabulxona ana shunday murojaatlarni tartibga soladi. Odamlar aniq bilib oladi: kimga, qachon va qay tartibda murojaat qilish kerakligini. Dindoshlarimiz bu boradagi savollarga javobni siz va biz kabi mutaxassislardan olsa, chalkashlik bo‘lmaydi. Ongini turli yot qoidalar, dinimizga begona bid’atlar zaharlamaydi. Shuning uchun ham bu masalaga jiddiy yondoshish shart”, deydi Odilxon qori Ismoilov.  

   Yig‘ilish davomida shu kabi muhim masalalar muhokama qilindi va o‘zaro fikr-mulohaza almashildi. Yakunda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddi xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.  

  

      “Shayx Zayniddin” jome masjidi Matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217698
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19113
  • 12865
  • 15848