Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
28.8.2017 4483

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi. 

Davlat rahbari majmua qoshida ochilishi mo‘ljallanayotgan Xalqaro ilmiy markaz qurilishi bilan tanishdi. Ushbu markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi bebaho ilmiy-ma’naviy merosini to‘plash, o‘rganish ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shug‘ullanadi.

Sh.M.Mirziyoyev bu yerda islom dini tarixi, ta’limoti yoshlarga eng mukammal o‘quv reja va dasturlar asosida o‘qitilishi zarurligi, bu markaz esa ajdodlarimizga munosib ravishda jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Prezidentga majmua atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish, yo‘l bo‘yida yangi turar-joylar bunyod etish, ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar loyihalarini takomillashtirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha quruvchi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

 

Manba:muslim.uz

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24623
  • 19082
  • 12847
  • 15826