Qozog‘istonlik diniy ulamolar delegatsiyasi yurtimizda mehmon bӯldi
29.10.2016 4994

   O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yaxshi qo‘shni, do‘st bo‘lib yashab kelgan. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ana shu tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro vaziyat tez o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan hozirgi kunda bunday do‘stlik, o‘zaro anglashuv yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diniy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro fikr-mulohaza almashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasining Yurtimizga qilgan tashrifi ham soha rivoji uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
   Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar bir necha yuz yillardan beri ikki xalqning o‘zaro do‘stlik ramzi sifatida poytaxtimiz markazida qad rostlagan “Shayx Xovandi Tohur” va “To‘labiy” maqbaralarini ziyorat qilish bilan safarlarini boshlashdi. Bir so‘z bilan aytganda, ziyorat ularga ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
   Qalblari ziyoga to‘lgan mehmonlar Toshkent islom universitetiga tashrif buyurishar ekan, oliygohning tarix va hozirni uyg‘unlashtirgan ajoyib binolari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, tasannolar aytishdi. Shuningdek, universitetda 200 dan ortiq turli mavzulardagi o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi kitoblar, jurnal hamda gazetalardan iborat ko‘rgazmadan bahramand bo‘lishdi. Ayniqsa, “Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha tarjimasi”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Dunyo ulamolari murojaati”, “IShID fitnasi”, “Internetdagi tahdidlardan himoya”, “Islom va aqidaparast oqimlar” kabi yurtimiz olimlari hamda tadqiqotchilarining turli tillardagi kitob va qo‘llanmalari mehmonlarda chuqur qiziqish uyg‘otdi.
    Shuningdek, mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ham ziyorat qilishdi. Jumladan, bir qator mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurishdi. Ularni O‘zbekiston musulmonlari idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov tashrif bilan qizg‘in qutlab, ikki qardosh xalq azaldan do‘stu birodar ekani, ota-bobolarimiz ahil-inoq bo‘lib yashashgani, mamlakatlarimiz rahbarlari ham ushbu do‘stlikni rivojlantirish yo‘lida juda ulkan ishlarni amalga oshirishganini aytib o‘tdi.
   Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mustaqillik yillarida Respublikamizda din sohasi amalga oshirilgan islohotlar, muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bajarilgan ishlar haqida alohida to‘xtab o‘tildi. Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘laqonli javob olishdi. Muloqot yakunida mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida amalga oshirilgan ishlarga havas qilsa arziydigan darajada tashkil etilganini, bundan faqat ibrat olish kerakligini ta’kidlashdi.
   Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar Toshkent islom institutiga ham tashrif buyurishdi. Institut talabalarining oliygoh, unda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida rus, qozoq, arab va ingliz tillarida erkin gapirib berishlari, delegatsiya a’zolarida juda yaxshi taassurot qoldirdi.
    Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda yangidan-yangi masjidlar qurilmoqda, ayrimlari ta’mirlanib, chiroyli holatga keltirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida qad rostlagan mahobatli “Minor” jome masjidi, yaqinda namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan “Islom ota” jome masjidlari shular jumlasidandir. Poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Minor” jome masjidiga tashrif buyurgan mehmonlar, Mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimovning bevosita tavsiyalari va tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida o‘ziga xos me’moriy uslubda bunyod etilgan ushbu jome masjidni betakror bunyodkorlik ramzi sifatida e’tirof etdilar.
    Qardosh Qozog‘iston delegatsiyasining tashrifi ikki mamlakat do‘stona hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

 

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217254
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24618
  • 19076
  • 12845
  • 15821