Qabul imtihonlari boshlandi
12.7.2016 5209

   Joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida 2016-2017 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.
    Imtihonlar tasdiqlangan nizomga ko‘ra, “Ona tili” fanidan diktant, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Chet tili”, “Tarix” fanlaridan test sinov shaklida bo‘lib o‘tdi.
    Qabul imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, barcha diniy ta’lim muassasalarida malakali o‘qituvchilar hamda tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Abituriyentlar guruhlarga ajratilib, imtihon o‘tkaziladigan xonalarda zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ota-onalarining dam olishlari uchun ham salqin ichimliklar, toza va shinam joylar tashkil etilgan.
   Qabul imtihonlari oldidan abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda imtihon o‘tkazish tartibi haqida tushunchalar berildi. Maxsus qoplarda muhrlangan imtihon savollari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayinlangan vakillar hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan chiqqan vakillar guvohligida ochildi.
   Yig‘ilishda ota-onalar so‘zga chiqib, yoshlarimiz diniy va dunyoviy ta’lim olishlari uchun, bugungi kunda, hukumatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, bularning barchasi jonajon Vatanimizning mustaqilligi, tinch va osoyishtaligi sharofati hamda “Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun”ning amaldagi ifodasi ekanligini g‘urur va iftixor bilan ta’kidladilar.
   Yig‘ilish yakunida, barcha abituriyentlarga omad va zafarlar tilab, guruhlar o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga joylashtirildilar. Hamda kirish imtihonlari boshlandi.
    Eslatib o‘tamiz, mazkur imtihon natijalari 15 iyul kuni e’lon qilinadi. Imtihondan ketma-ketlikda eng yuqori ball to‘plagan 24 ta abituriyent o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilinadi.

 

 

www.muslim.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218894
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949