Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Huseynning Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi
24.6.2016 4063

     2016 yil 22 iyun kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Huseyn boshchiligidagi to‘qqiz kishilik delegatsiya Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. Oliy toifali mehmon dastlab, hadis ilmining sultoni, Buxoriy hazratlarining qabrini ziyorat etib, u kishiga bo‘lgan yuksak ehtiromini bildirdi.
    So‘ng majmua tarixi bilan tanishib, uning mustaqillikdan oldingi va keyingi holatlari haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tingladi. Ayniqsa, so‘ngi yillarda olib borilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari borasida iliq fikrlar bildirdi. Dunyo ahli tan olgan buyuk imomga ko‘rsatilayotgan davlat darajasidagi e’tibordan behad shodlangan Mamnun Huseyn hazratlari majmuani ziyorat qilar ekan, mahobatli maqbarani, serfayz hovliyu, salobatli masjidni ko‘rib, O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. Ko‘plab ulamolarga beshik bo‘lgan O‘zbekiston diyori bugun ham Islom dini rivojiga hissa qo‘shib, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin topib borayotganini ta’kidladi.
    Yuqori martabali mehmon majmuadagi tarixiy chinorlar ostida majmuaning tashrif kitobiga o‘zining ezgu tilaklarini yozib qoldirdi va masjid imomiga Qur’oni karim kitobini sovg‘a qildi.

 

 

www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218897
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949