Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Huseyn “Hazrati Imom” majmuasiga tashrif buyurdi
24.6.2016 4275

   Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 22 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
   Bugun oliy martabali mehmon Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan “Hazrati Imom” majmuasini ziyorat qildi. Pokiston prezidentiga buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, uni o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Mo‘yi Muborak” va “Baroqxon” madrasalari tarixi, mustaqillik yillarida ushbu maskanda amalga oshirilgan beqiyos bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.
   Sharq me’morligining noyob an’analarini o‘zida mujassam etgan “Hazrati Imom” majmuasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mamnun Huseyn muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ular nomi bilan bog‘liq maskanlarni obod etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.
    Shuningdek, “Baroqxon” madrasasida joylashgan milliy hunarmandchilik buyumlari namoyishi ham Pokiston prezidentida katta taassurot qoldirdi.

 

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949