O‘zbekiston Haj delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ldi
22.1.2017 4369

     19 yanvar kuni O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligida rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
     Saudiya Arabistoni Haj vaziri doktor Muhammad Solih Bentin va Saudiya Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari mas’ul vakillari, Haj vazirligining tegishli bo‘lim rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov boshchiligidagi O‘zbekiston haj delegatsiyasi joriy Haj 2017 yil mavsumi doirasidagi tashkiliy masalalarni muhokama etdilar.
     Uchrashuv chog‘ida, joriy yildagi haj mavsumini namunali o‘tkazish bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston haj kvotasi 2000 kishiga ortgani va joriy yilda 7200 kishini tashkil etishi, o‘zbekistonlik hojilar Madinai munavvara xalqaro aeroportiga kelib tushishi va haj manosiklarini bajarib bo‘lganidan so‘ng Jidda xalqaro aeroporti orqali O‘zbekistonga safar qilishi, hamda boshqa tegishli masasalalar bo‘yicha kelishib olindi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki tomonlama bayonnoma imzolandi.
    Saudiya Arabistoni Haj vaziri doktor Solih Bentin O‘zbekistonlik hojilar tomonidan Haj va umra tadbirlari muntazam tartibli va namunali ravishda amalga oshirilib kelinayotganini alohida ta’kidlab, o‘zbekistonlik ziyoratchilar bugungi kunda boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘ladigan darajaga ko‘tarilganini ma’lum qildi. Haj vazirligi tomonidan berilayotgan ko‘rsatma va tavsiyalarni o‘z vaqtida, to‘laqonli bajarilishi va uzviy hamkorlik uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy ehtiromini izhor etdi.   
    Uchrashuv yakunida, Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Solih Bentin O‘zbekiston haj delegatsiyasi sharafiga katta ziyofat berdi. Haj vaziri Solih Bentin, O‘zbekiston – dunyo ilm fani va sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan allomalar yurti ekanini ta’kidlab, Buxoriy, Termiziy, Marg‘inoniy va Zamaxshariylarni bergan yurtga alohida hurmat bildirishini izhor qildi.
    Shuningdek, shu kunning o‘zida O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Fuqaro Aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi rahbariyati bilan Jidda shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida shuningdek, O‘zbekiston Haj va umra ishlari bo‘yicha attashesi Zafar Abdullayev va O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakampaniyasining Jidda shahridagi vakili Muxtor Xaitov ishtirok etdi. Muzokaralar davomida, haj va umra muborak ziyoratlarini tashkil etish doirasidagi tashkiliy masalalar, jumladan dinai munavvara va Jidda xalqaro aeroportlari orqali hojilar va ziyoratchilarni tashish, o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar atroflicha muhokama etildi. Saudiya Arabistoni Podshohligi Fuqaro Aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi O‘zbekiston haj ishchi guruhi va O‘zbekiston Havo yo‘llari ish faoliyatiga yuqori baho berdi.
     Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Jidda shahrida tashrif dasturi doirasida Transport Korxonalari Bosh Vakilligida (Maktab Vukalo) navbatdagi uchrashuvni amalga oshirdi. Uchrashuvda Bosh Vakillik rahbari Foruq Buxoriy, O‘zbekiston ishchi guruhi tomonidan haj va umra tadbirlarini yuqori darajada tashkil etib kelayotgani, o‘zbekistonlik hojilar va ziyoratchilar zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangani, Agentlik talablari va tegishli shartnomaviy kelishuvlar O‘zbekiston tomonidan to‘laqonli bajarilib kelayotganini ta’kidladi va buning uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
    Delegatsiya muzokaralar chog‘ida, hojilar uchun navbatdagi Haj mavsumida ham transport xizmati ko‘rsatilishi bo‘yicha tegishli bitimlarni hojilar Saudiya Arabistoniga yetib kelmaslaridan oldin tuzib qo‘yilishini kelishib oldi. Bunda Madina Makka Jidda yo‘nalishlarida hojilarni tashish nazarda tutilmoqda.
    Saudiyaning mutasaddilari tomonidan O‘zbekiston tomonidan haj va umra tadbirlari yuqori darajada tashkil etib kelinayotgani, o‘zbekistonlik hojilar zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangani, shartnomaviy kelishuvlar O‘zbekiston tomonidan to‘laqonli bajarilayotganini alohida ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvlar yakunida O‘zbekiston haj delegatsiyasi a’zolariga yuqori darajadagi tashkiliy ishlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Manba: www.religions.uz  

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217228
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24617
  • 19075
  • 12844
  • 15820