“O‘smat ota” jome masjidi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi
15.7.2016 5200

     Toshkent viloyatidagi “O‘smat ota” jome masjid qurilishi ishlari boshlandi. Ushbu masjidning tayyorlangan loyihasiga ko‘ra, kishilar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan. Allohga shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta’mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda.
     Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagidagi quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda. Zero, masjidni obod etishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan. Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”.
    Ushbu xayrli tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar hamda nuroniy otaxonlar masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berdilar.
    Piskent tumanida joylashgan “O‘smat ota” jome masjidining yangi binosi uzunligi 24 metr, eni 12 metrni tashkil etib, bir vaqtni o‘zida uch yuzdan ziyod namozxonlarni sig‘dira oladi. Toshkent viloyatining chekka huddida qad rostlaydigan ushbu jome masjid, xalqimiz uchun juda katta tuhfa bo‘ladi, inshoalloh.

 

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19219
  • 12938
  • 15949