Nogiron emas, nogironligi bor
5.12.2017 5267

Qaysiki mamlakatda birgina nogiron bola dunyoga kelsa, o‘sha murg‘ak jonning dardini Alloh taolo uning ota-onasi, mahallasi, boringki, butun jamiyat uchun sinov qilib yuborgan bo‘ladi.

Bunda insonlarning Alloh taolo bergan dardga nisbatan munosabati qanday bo‘ladi?  Jamiyat a’zolari  o‘sha ko‘ngli yarim, ya’ni jismida nuqsoni bor bolaga O‘zi ta’lim berganidek, mehr-muruvvat ko‘rsata oladimi; unga jamiyatning boshqa a’zolari kabi munosabat ko‘rsatib, ta’lim-tarbiya berib, o‘qitib-o‘rgatib, sog‘ligiga to‘g‘ri keladigan hunarga yo‘llab, jamiyatning to‘laqonli a’zolari safidan joy ola bilishini ta’min eta oladimi? Ana shu masalalar ustida sinovdamiz, azizlar.

Biz, aslida, nogironlarga mehr-muruvvat ko‘rsatib, ularga sirdosh, dildosh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab turgan holimizda Rabbimizning zimmamizga yuklagan amllaridan birini bajarayotgan, ya’ni o‘zimiz uchun ajru savoblarga erishyotgan bo‘lamiz.

Mana, biz bandalarga mehribon Parvardigorimizning marhamati!

Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra “nogiron” tushunchasi muomaladan chiqarilmoqda va uning o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasi muomalaga kiritilmoqda va aynan shu hujjatga muvofiq “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda.

Ushbu farmonning zamirida hikmat – nogiron kishilarning sifatini aytganda, ularning ko‘nglini o‘ksitmaslik uchun ushbu atama Davlat rahbarining farmonida o‘zgartirilishi davlatimizning ushbu toifaga e’tibori qanchalik balandiligining yaqqol namunasidir.

3 dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni. Ushbu sana yurtimizda 1992 yildan dunyo miqyosida keng nishonlanadi va ta’lim muassasalari, turli tashkilotlar, butun jamoatchilik ishtirokida keng ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkaziladi. BMT tashabbusi bilan nogironlar ishtirokida rassomlik va musiqa sohalaridagi tanlovlar, ko‘rgazmalar, konferensiya va seminarlar tashkillashtiriladi.

Ana shunday bayram tadbiri bugun Toshkent shahridagi muhtasham “Sulton” restoranida o‘tkazildi. “Inson manfaatlari ustundir bizda” nomli xayriya tadbiriga Toshkent shahridagi jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar taklif etildi. Mazkur tadbirda  Shayxontohur  tumani bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligida “Shayx Zayniddin” jome masjidi xodimlari va muxlis.uz diniy-ma’rifiy sayti jamoasi ham ishtirok etdi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan bolalarga to‘kin dasturxon yozilib, dildan suhbat qilindi. Nogironligi bo‘lgan bolalarning ijodiy ishlari: yozgan she’rlari, ijro etgan qo‘shiqlari tinglandi; chizgan rasmlari va yasagan ijodiy ishlari tomosha qilinib, ularga rag‘batlantiruvchi mukofotlar berildi. Shuningdek, taklif etilganlarga Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining ma’naviy kamolotga yetaklovchi ma’ruzalari jamlangan audio-video disklari va kitoblari sovg‘a qilindi.

 

"Shayx Zayniddin" jome mmasjidi Matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217149
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24610
  • 19070
  • 12840
  • 15812