"Minor" jome masjidiga muftiy hazratlari tashrif buyurdilar
22.6.2016 4308

   Bugunda Toshkent shahrining ko‘rkiga aylangan "Minor" jome masjidi o‘ziga xos savlati, pokiza viqori ila ezgu e’tiqod sohiblarini o‘z bag‘riga chorlab turibdi. Muhtaram yurtobishimiz ushbu masjidga tashrif buyurganlarida:
   “Avvalo bunday ibodat uylari xalqimiz uchun. Mard va jasur, turli og‘ir zamonlarda matonat va chidamlik ko‘rsatgan xalqimiz uchun! Nima uchun O‘zbekistonimizning madaniyati bu qadar qadimiy degan savol berilsa, avvalo dinimiz, tufayli. Muqaddas islom dinimiz bo‘lmaganida biz bu qadar madaniyatga ega bo‘lmas edik, deya javob bergan bo‘lar edim”, deya ta’kidlagan edilar.
   Yurtimizning, qolaversa jahonning turli nuqtalaridan tashrif buyuruvchi ziyoratchilar, sayyohlar bilan gavjum bo‘lguvchi ushbu nurli maskan Ramazon oyida muazzam ibodatgohlardan biriga aylangan.
   Mohi Ramazonning 17-kuni, 21-iyun sanasida mazkur jome masjidga Taroveh namoziga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari jomeda Xatmi Qur’onni ado etib berayotgan hofizi Qur’onlarga katta minnatdorchilik izhor etdilar. Shuningdek, yurtimizdagi osoyishtalik, obodlik sabab shunday Ramazon kechalarida jam bo‘lib, ilohiy rahmatdan bahramand bo‘lish baxtiga muyassar bo‘layotganligimizni aytib o‘tdilar. Suhbat asnosi payg‘ambarlar tarixidan ibrat mavzusida kechdi.

 

 

www.vakillik.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949