"Minor" jamoasi yangi musobaqa oldidan
14.7.2016 5241

    Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida “Mustaqilligimizning 25 yilligi” munosabati bilan O‘MI tizimidagi muassasalar jamoalari o‘rtasida navbatdagi futbol musobaqasini boshlash uchun yordamchi hakamlar va guruh sardorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tganligi haqida muslim.uz portali xabar berib o‘tgan edi.
     Mazkur turnir oldidan O‘MI Toshkent shahar vakilligida Toshkent shahar imomlaridan iborat "Minor" jamoasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda jamoa boshlig‘i Anvar qori Tursunov jamoa a’zolariga yangi musobaqa oldidan zafarlar tilab, yanada katta mas’uliyat bilan jamoa sharafini himoya qilishga chaqirdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilarga musobaqa uchun maxsus tayyorlangan liboslar taqdim etildi. Ko‘rsatilayotgan e’tibor va shart-sharoitlardan mamnun bo‘lgan imom-xatiblar bu safargi turnirda ham g‘oliblik maqomini saqlab qolishga astoydil harakat qilishlarini bildirdilar. Eslatib o‘tamiz, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan avvalgi turnirda "Minor" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
     Musobaqaning 1-tur o‘yinlari joriy yil 15 iyul kuni soat 19:00 da boshlanib, unda "Minor" jamoasi “Do‘stlik” jamoasi bilan to‘qnash keladi.


O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

 

 

 

www.vakillik.uz  

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218894
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949