Mehmonlarning bayram tabrigi
7.7.2016 5167

   Yaratganga shukrki, Muborak ramazon hayiti yurtimizda o‘zgacha shukuh va tarovat bilan o‘tmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan Diniy idora rahbariyatini tabriklash va qutlash uchun Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi bo‘lim boshlig‘i Sergey Statsenko, Rim-katolik cherkovi yepiskopi Yeji Matsulevich, Arman apostollik cherkovi ruhoniysi Avannes (Aramais Grigoryan), Yahudiylar diniy jamoasi ravvini Borux Abramchayev, Bibliya jamiyati Bosh kotibi Xolmat Ashirovlar O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurishdi.
   Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Maqsud Karimov kutib oldilar. Mehmonlar Diniy idora rahbariyatini Ramazon hayiti bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirishdi.
   O‘z navbatida, muftiy hazrat mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Suhbat davomida noislomiy konfessiyalar vakillarining O‘zbekiston musulmonlari idorasiga kelib, o‘z tabriklarini izhor etayotganlari va nasroniy bayramlarida musulmon din peshvolari tomonidan tabriklanishi diniy va milliy bag‘rikenglikning yuqori darajadagi ifodasi ekanini ma’lum qilishdi. O‘zbekistondagi bag‘rikenglik barcha uchun katta ibrat va namuna bo‘la olishi alohida ta’kidlandi.
   Rim-katolik cherkovi yepiskopi Yeji Matsulevich muftiy hazratga Vatikan rahbari Jan-Lui Kardinal Toranning Ramazon hayiti munosabati bilan musulmonlarga yo‘llagan tabrigini taqdim etdi.
    Suhbat chog‘ida Muftiy hazratlari dinlararo hamkorlik aloqalarining rivojida barcha din vakillarining beminnat qilayotgan xizmatlarini yuqori baholab, o‘zaro bag‘rikenglik, tinchlik yo‘lidagi olib borilgan keng mehnat, albatta, kelgusida o‘z ijobiy samara berishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, hozirgi muqaddas kunlarda dunyoning turli mintaqalarida qo‘poruvchiliklarni barcha din qoralashini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
     Uchrashuv o‘zbek milliy ananasiga binoan, dasturxon atrofida do‘stona va samimiy tarzda o‘tdi.

 

 

www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949