Insoniylik mezoni
14.4.2017 4089

   Joriy “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ezgu sa’y-harakatlarning mohiyati har bir xonadon ahlini rozi etish, ularning og‘irini yengil qilish kabi ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi fazli ulug‘ tamoyilga asoslangandir. Bu kabi xayrli ishlarda imom-xatiblarning o‘rni va xizmatlari muhim sanaladi. Chunki, imom barcha ezguliklarning oldida peshqadam va namuna bo‘lib turishligi kerak.

 

11 aprel kuni Toshkent shahar “Said Vaqqos ota” jome masjidi imom-xatibi Foziljon Ubaydullayev Uchtepa tumani “Ko‘rkamobod” mahallasida yashovchi bir qancha boquvchisini yo‘qotgan, e’tiborga muhtoj oilalar, nogiron va keksalar xonadonlarini yo‘qlab, ularning holidan xabar oldi. Imom-xatib masjid ma’muriyati va homiylar tomonidan uy jihoz vositalari va zaruriy oziq-ovqat maxsulotlarini topshirar ekan, dinimizda inson sha’ni, qadr-qimmatining azizligi, ayniqsa, ko‘ngli yarimta, mehrga muxtojlarning duosi saodat kaliti ekanligini va kundan-kunga obod bo‘lib borayotgan yurtimizda hech kim mehr-muruvvatdan chetda emasligini aytib o‘tdi.

 

  O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217088
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24605
  • 19065
  • 12836
  • 15804