Imom Buxoriy xalqaro markazida navbatdagi o‘quv boshlandi
26.7.2016 4776

   2016 yilning 24 iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro markazida diniy xodimlarning II davra VII bosqich o‘quvlarining boshlanishiga bag‘ishlangan suhbat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 70 nafar imom-xatib ishtirok etdi.
   Tadbirda Markaz direktori Sh.Ziyodov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi xodimi M.Kamolov qatnashib, tinglovchilarni yangi o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi munosabati bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro markazi, uning maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berishdi. Markazdagi shart-sharoitlar hamda tinglovchilar tomonidan rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar tushuntirildi.
    Suhbat jarayonida barcha imom-xatiblarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Davlat Mustaqilligining 25 yillik bayrami bilan tabrik va tilaklar bildirildi. Ushbu eng ulug‘ va eng aziz bayramni munosib o‘tkazish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
    Shuningdek, yurtimizdagi diniy sohada erishilgan yutuqlar, mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan masjidlar, tabarruk qadamjolar ta’mirlanib, xalqimiz ixtiyoriga topshirilgani, shu bilan birga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan imom-xatiblar faoliyatini, ularning bilim darajalarini yanada yaxshilash maqsadida, turli xayrli tadbirlar olib borilayotgani aytib o‘tildi.
    Suhbat yakunida hozirgi kundagi buzg‘unchi guruhlar, jumladan, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi turli nizo va fitnalardan ogoh bo‘lish va joylarda o‘tkazilayotgan turli ma’rifiy tadbirlarda ularning kirdikorlarini to‘g‘ri va xolisona ochib berish ta’kidlandi. Yurtimizda chop etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy gazeta va jurnallarda, internet saytlarida xalqimiz, xususan, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga urinayotgan yot g‘oya va tahdidlarga qarshi dolzarb mavzulardagi chiqishlar bilan faol ishtirok etish tavsiya etildi.
   Tinglovchilar hukumatimiz tomonidan mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarga, e’tiqod erkinligiga berilayotgan yuksak e’tibor va diniy xodimlar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu ilm va ma’rifat maskanida ikkinchi bor o‘quvlarda ishtirok etayotganlari uchun Yaratganga shukrona keltirib, samimiy minnatdorchilik tuyg‘ularini izhor etdi va duoi xayrlar qildilar. Tinglovchilar bundan olti yil muqaddam bu dargohda olgan bilim va ko‘nikmalari ish faoliyatlari va jamoat bilan ishlash asnosida o‘z samarasini berganini e’tirof etib, dunyoda yagona bo‘lib turgan bu markaz faoliyatiga yuksak baho berishdi.
    25 iyul kuni birinchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Uni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zosi, Toshkent shahri Uchtepa tumani “Hazrati Ali” jome masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Sharipov olib bordi.
    Markazda tinglovchilarning samarali tahsil olishlari, yotoqxonada mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Markaz oshxonasida tinglovchilar uchun uch mahal issiq ovqat, yotoqxona bufetida yengil tamaddi qilishlari uchun yetarli qulayliklar mavjud.
     II davra VII bosqich tinglovchilari dastlabki mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi.

 

 

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219042
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45709
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19231
  • 12944
  • 15957