Xushxabar: mp3muslim.uz mobil ilovasi ishga tushdi
17.8.2016 6044

   Mobil vositalarning qulayligi, ommabopligi barchaga birdek manzur. Android tizimida ishlovchi qurilmalar (smartfon, planshet va h.k.) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligi va qulayligini yanada oshirish maqsadida, «muslim.uz» rasmiy portalining tashabbuskor xodimlari tomonidan mp3muslim.uz saytining mobil ilovasi ishga tushirildi.
     Endilikda muxlislar ushbu dastur orqali yurtimiz olim hamda imom-domlalarining ma’ruzalari, mashhur qorilarning tilovatlari, turli salovatlarni to‘liq tinglash va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dasturning Hadisi sharif ruknida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurning 1001 hadislarga sharhlari joylashtirilgan. Albatta barchani xursand etishi kutilayotgan bu dasturni Play Market dan yuklab olishlari mumkin.
      Eslatib o‘tamiz, sayt TAS-IX tarmog‘ida joylashgan mp3muslim.uz portalining mobil ilovasi quyidagi manzilda bo‘lib, uni bepul yuklab olishingiz mumkin.

Dasturni "Play market" dan "’mp3muslim" so‘zi orqali o‘rnatishingiz yoki quyidagi link orqali topishingiz mumkin: https://play.google.com/store/search?q=mp3muslim.uz&hl=ru


O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217654
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24651
  • 19112
  • 12864
  • 15848